Tuban o simliklar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə6/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga

uvo`tlarning yashash sharoiti
Yer sharida uchraydigan suvo`tlarning barchasini yashash sharoitiga ko`ra plankton, bentos va tuproq suvo`tlar gruppasiga bo`lib o`rganiladi.
Plankton suvo`tlar — suv qatlamida suzib yashovchi suvo`tlar bo`lib, ular dengiz suvlarida 100 metrgacha va chuchuk suvlarda esa 10 metrgacha chuqurlikda yashovchi organizmlardan iboratdir. Plankton (muallaq) holda yashovchi diatom suvo`tlardan planktonella, flagilariya, tabellariya; yashil suvo`tlardan pediastrum, desmidium, xlorokokk, ko`k yashil suvo`tlardan anabena, anabekopsis kabilarni ko`rsatish mumkin.
Bentos suvo`tlar — suvning tagida turli xil (substratlarga) yopishib yashovchi suvo`tlardir. Suv qatlami litoral, sublitoral va elitoral deb ataluvchi 3 mintaqaga bo`linadi. Litoral qavat dengiz suvlarining ko`tarilib-pasayib turuvchi eng ustki sathi bilan shu suvning pasaygandagi eng ostki qavatigacha bo`lgan qatlamni o`z ichiga oladi. Bu qatlamda qo`ng`ir, qizil va yashil suvo`tlarning ba`zi vakillari uchraydi. Sublitoral qavat suvning pasaygan sathidan boshlab, 40 metrgacha chuqurlikda bo`lgan qavatni o`z ichiga oladi va bu qavatda qo`ng`ir suvo`tlarning laminariya kabi va qizil suvo`tlarning ba`zi vakillari uchraydi. Elitoral qatlam 40 metrdan 100 metrgacha bo`lgan suv qavatini o`z ichiga oladi. Bu qavatda asosan qizil suvo`tlarning ba`zi vakilari uchrab, ularning hayoti 2–4 yil, ba`zan 10–12 yil davom etadi.
Tuproq suvo`tlari — nam tuproqlarning betida, tuproq qavatida, daraxtlarning po`stloqlarida yashovchi ko`k-yashil, yashil, diatom suvo`tlarning ko`pgina vakillari kiradi. Masalan, M. M. Gollerbax ma`lumotiga ko`ra MDH territoriyasidagi tuproqlarda 257 xil suvo`tlar ro`yxatga olingan bo`lib, ulardan 102 turi yashil, 92 turi ko`k yashil va 53 turi diatom suvo`tlarning vakillaridan iborat.
Yuqorida ko`rsatilganidek suvo`tlar suv harorati +75°…+93° gacha bo`lgan issiq buloqlarda yoki tog`lardagi qor va muzliklarda ham hayot kechiradi.
MDHning 2`300–3`400 metr balandlikdagi Kavkaz tog`laridan, Novaya Zemlya, Frants Iosif yerlaridan va shunga o`xshash joylarning qor va muzliklaridan ko`pgina suvo`tlar topilgan. Ana shu joylardagi qor va muzliklarning usti onda-sonda turli xil rangga (ko`k, qizil, yashil va h. k.) bo`yalib turadi. Qor va muzliklarning rangi, asosan, shu yerlarda yashayotgan suvo`tlarning turlariga va ularning hujayra shirasi tarkibidagi gematoxrom deb ataluvchi rang beruvchi pigmentning miqdoriga bog`liq.
1929 yilda Kavkazning Qarachay tog`ida kuzatilgan qizil qorning sababchisi 55 xil suvo`tlar bo`lib, shundan 26 turi diatom, 18 turi yashil, 10 turi ko`k yashil va 1 tur qizil suvo`tlarning vakillari bo`lganligi aniqlangan, Yer sharining turli qorli va muzli qismlarida faqat qizil qor emas, balki sariq, yashil, qora, pushti qorlar ham kuzatilganligi va bunga sababchi turli xil suvo`tlar ekanligi kuzatilgan.
Shimoliy Amerikaning Iellouston parkida yashil suvo`tlarning vakillari bo`lgan xlamidomonadalar yashil qor hosil etgan. Suvo`tlar juda tez ko`payadi. Natijada qisqa vaqt ichida kattagina maydonlarda rangli qor hosil bo`lib qoladi. Kuchli shamol-to`zonlar natijasida tog`dagi qorlar shahar va qishloqlar tomoi to`zib kelgan. Natijada kishilar o`rtasida turli rangli qorlarning yog`ishi bilan bog`liq bo`lgan shov-shuvlar kelib chiqqan. Ilgarigi vaqtda bunday hodisalarga diniy kishilar ilohiy tus berib, savodsiz kishilar o`rtasida diniy targ`ibot ishlarini olib borishga uringan.
Hozirgi vaqtda bunday hodisalarning sababi biz yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek suvo`tlarning faoliyati bilan bog`liqligi ko`pchnlikka ma`lum bo`lsa kerak.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin