Tuban o simliklar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə8/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga

hilimshiqlar— Myxophyta
Shilimshiqlar tipi turlarining tanasi, yalang`och, ko`p yadroli protoplazmadan iborat bo`lib, plazmodiy deb ataladi. Plazmodiy amyobasimon shaklda bo`lib, unda sporangiylar hosil bo`ladi. Sporangiylarda sporalar yetiladi. Sporalar o`sib ko`pincha zoosporalarga (harakatchan tanachalarga) aylanadi. Zoosporalar esa o`z navbatida miksamyoba deb ataluvchi tanani hosil qiladi. Bunday miksamyobalar o`zaro juftlashishi natijasida shilimshiqlarning vegetativ tanasi hisoblangan plazmodiy hosil bo`ladi. Shilimshiqlar tipining ayrim vakillari soya o`rmonlardagi eski to`nkalarda saprofit holda, boshqalari esa karam kabi gulli o`simliklar ildizida parazit holda yashaydi.
Zamburug`lar —Fungi
Bu tipga 70–100 mingga yaqin tur kiradi. Ko`rinishi rangsiz, geterotrof ovqatlanadi. Tashqi va ichki tuzilishi har xil. Hayot kechirishi bakteriyalarga o`xshash, lekin bularning tanasi ancha yirik va murakkab, hujayrasi ancha mukammal tuzilgan.
Zamburug`larning tanasi bir necha ingichka ipchalardan tuzilgan bo`lib, bu ipchalarning har biri gifa deb ataladi. Gifalarning bir nechasi o`zaro tutashib, shoxlangan shaklli vegetativ tana hosil qiladi. Bunday tana mitseliy deb ataladi. Demak, zamburug`larning tanasi mitseliylardan tashkil topgan. Soddaroq vakillarning mitseliysi bir necha gifadan, yuksak vakillarining mitseliysi esa ko`p hujayrali juda ko`p miqdordagi gifalardan tashkil topgan.
Zamburug`lar Yer sharida juda keng tarqalgan. Ularning ko`pchiligi o`simlik va hayvonlarning o`lik qoldiqlari hisobida hayot kechiradi. Bunday zamburug`lar saprofit hisoblanadi. Boshqalari tirik o`simlik va hayvonlar tanasida uchrab, o`zlarining gaustorlar — organlari yordamida shu organizmlar tanasidagi oziq moddalarni so`rib hayot kechiradi. Bu xildagi zamburug`lar — parazit zamburug`lar deyiladi.
Uchinchi xil zamburug`lar esa o`simliklar bilan o`zaro hamkorlikda, ya`ni simbioz holda hayot kechiradi.
Zamburug`larning ba`zi vakillari yuksak o`simliklarning (xususan o`rmon daraxtlarining) ildizida yashab, ularning ildizlarini chuqurroq va kengroq atrofga yoyilib tarqalishiga ko`maklashadi va o`zi ham shu ildiz hisobiga ovqatlanadi.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin