Tugun potensiallar, supperpozitsiya asosida tahlili
Misol ta`riqasida 3.3.1b-rasmdagi zanjirni ko‘ramiz; uning o‘ng shoxobchasida tok manbasi mavjud. Zanjir sxemasida ko‘rsatilgan ikki konturning tenglamalarini tuzish yetarlidir. Ularni tuzishda Ja toki qarshilikda hosil qilgan kuchlanish lar pasayuvini kiritish zarur:
r11I1+r12I2+r1aJa= E1= Eb r21I1 + r22I2 + r2aJa= E2=0 (3.3.10)
Agar Ja toki k shoxobcha orqali oqib o‘tadi, deb faraz qilsak, u holda = 0, chunki Ja toki birinchi konturning birorta shoxobchasi orqali o‘tmaydi, lekin = , chunki Ja ikkinchi konturning k shoxobchasi orqali o‘tib, yo‘nalishi ikkinchi kontur toki yo‘nalishi bilan mos bo‘ladi. Shunga e’tiborni qaratish muhimki, Ja toki uchun boshqa yo‘l masalan, c va r shoxobchalari orqali oqib o‘tishini ham tahmin qilish mumkin edi. Bu holatda (3.3.10) ifodada quyidagicha o‘zgartirish kiritiladi:
r1a = rp va r2a = - rc - rp. (3.3.11)
Demak, kontur toklar qiymatlari har xil bo‘ladi, shoxobchalarning toklari esa (konturlarni ixtiyoriy tanlashga bog‘liq bo‘lmaydi) kontur toklari orqali har hil ifodalangan bo‘ladilar. Masalan, birinchi vaziyatda:
Ip = I1 - I2 (3.3.12)
bo‘lsa, ikkinchi holatda:
Ip = I1 - I2 + Ja (3.3.13)
bo‘ladi. Albatta, bu ikki tenglamalarda kontur toklari qiymatlari har xil, Ip esa bir xil bo‘ladi.