Eslatma: Daraxtda yangi tugun faqatgina ko’rsatgichlarini kamida bittasi bo’sh bo’lgan tugundan keyin qo’yiladi.
Binar daraxtdan elementlarni o’chirish. Daraxt tuguni o’chrilayotganda 3 hil holat bo’lishi mumkin:
Topilgan tugun terminal. Bu holatda tugun shunchaki o’chirib tashlanadi.
Topilgan tugun faqatgina bitta o’g’ilga ega. U holda o’g’il ota o’rniga joylashtiriladi.
O’chirilayotgan tugun ikkita o’g’ilga ega. Bunday holatda shunday qisim daraxtlar zvenosini toppish lozimki, uni o’chirilayotgan tugun o’rniga qo’yish mumkin bo’lsin. Bunday zveno har doim mavjud bo’ladi. Bu
Yoki chap qism daraxtning eng ‘ng tomondagi tuguni (ushbu zvenoga erishish uchun keying uchiga chap shoh orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa murojaat NIL bo’lmagunicha, faqatgina o’ng shohlari orqali o’tish zarur).
Yoki o’ng qisim daraxtning eng chap tuguni (ushbu zvenoga erishish uchun keying uchta o’ng shoh orqali o’tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat NIL bo’lmaguncha, faqatgina chap shohlari orqali o’tish zarur).
Mzkur prodseduraning vazifasi shundan iboratki, u berigan kalit bo’yicha daraxt tuguni qidiruvini amalga oshiradi. Qidiruv operatsiyasining davomiyligi daraxt tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Haqiqatdan, agar elementlar daraxtga kalit qiymatlari o’sish (kamayish) tartibida kelib tushgan bo’lsa, u holda daraxt bir tomonga yo’nalgan ro’yhat hosl qiladi (chiqish darajasi 1 bo’ladi, ya’ni yagona shohga ega),Bu holatda daraxtda qidiruv vaqti, bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatdagi kabi bo’lib, o’rtacha qarab chiqishlar soni N/2 bo’ladi.Agar daraxt muvozanatlangan bo’lsa u holda qidiruv eng samarali natija beradi. Bu holda qidiruvdan ko’p bo’lmagan elementlarni ko’rib chiqadi.