Til va nutq markazida:“Mening qadrdon uyim”, “Mahalla kichik Vatan”, “CHiroyli uycha” mavzuli rasmlar asosida tarbiyalanuvchilar bilan mavzuga mos suhbatlar o‘tkazildi.
Fan va tabiat markazida:“Kimning uyi mustahkam”, “Tuproq, tosh va qumning xossalari”, “Nima uchun shamol uyni yiqitdi” kabi mavzular asosida faoliyatlar o‘z vaqtida olib borildi.
San’at markazida:Hafta davomida ushbu markazda “Mening uyim” mavzusida rasm chizish, “Mahalla ko‘chalari” aplikatsiya jamoa ishi, “Qo‘shnimning jonivorlari” kabi mavzular bo‘yicha faoliyatlar olib borilib tarbiyalanuvchilar rag‘batlantirildi.
3-hafta mavzusi: Men va mening oilam (_____ 2019 yildan, _____ 2019 yilgacha)