Tuproq eritmasi va tuproqdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlari


Tuproq eritmasini ajratib olish usullari



Yüklə 63,81 Kb.
səhifə2/7
tarix31.12.2021
ölçüsü63,81 Kb.
#49727
1   2   3   4   5   6   7
dokument microsoft word 35

Tuproq eritmasini ajratib olish usullari.


Tuproq eritmasini o‘rganish maqsadida uni ajratib olishning qator usullaridan foydalaniladi. Jumladan, katta bosimli presslar yordamida tuproq eritmasini siqib, ajratib olish usuli, sentrifuga yordamida ajratish yoki boshqa bir suyuqlik bilan siqib chiqarish usullari ishlatiladi. Ajratib olinadigan tuproq eritmasining miqdori tuproqning suv saqlab tura olish qobiliyati hamda namlanish darajasiga bog‘liq. Tuproq namligi, uning to‘liq nam sig‘imiga yaqin bo‘lganda, sentrifuga usulidan foydalanib tuproq eritmasi ajratib olinadi. Boshqa bir eritma yordamida eritmani siqib chiqarish maqsadida ko‘pincha etil spirtidan foydalaniladi. Tuproqshunoslikda tuproqning suyuq fazasini ajratib olishda lizimetr usuli keng qo‘llaniladi. Bu usul ma‘lum tuproq qatlamidan singib o‘tayotgan yomg‘ir va boshqa suvlarni maxsus idish to‘plagich (priyomnik) larda yig‘ib olib, o‘rganishga asoslangan. Lizimetr usulidan tuproqlarning eng ko‘p tabiiy namlangan davrlardagina foydalaniladi. Tuproq eritmasining ba‘zi xossalarini suvli so‘rim analizi usulidan foydalanib ham o‘rganish mumkin. Ammo

suvli so‘rim tarkibi tuproq eritmasidan ancha farq qiladi va bu eritmaning tarkibi, xossalari haqida to‘liq tasavvur bermaydi. Keyingi yillarda tuproq eritmasidagi vodorod ionlari (pH), natriy ionlari va eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi hamda oksidlanish-qaytarilish potensiallari tabiiy sharoitda bevosita tuproqning o‘zida o‘rganilmoqda. Buning uchun potensiometrik, jumladan ionometrik usullardan foydalanib, tuproq eritmasidagi ionlar tarkibini aniqlash yaxshi samara beradi.



Yüklə 63,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin