Oksidlanish - qaytarilish jarayonlarini tuproq unumdorligidagi ahamiyati.
O‘simliklarning normal rivojlanishi Eh 200 dan 700 mv bo‘lgan sharoitda kechadi. 200 mv dan kam Eh sharoitida qaytarilish jarayonlari kuchayib, o‘simliklarga salbiy ta‘sir etuvchi (hatto uning nobud bo‘lishiga olib keluvchi) zaharli moddalar to‘planadi. Tuproq tiplariga va ayniqsa pH ko‘rsatkichiga qarab Eh ning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichi ham biroz o‘zgaradi. Kislotali tuproqlarda (pH=5) oksidlanish jarayoni kuchayib Eh = 680 mv ni; neytral tuproqlarda (pH=6,5) Eh = 350 ni tashkil etadi hamda temir va marganes singari elementlarning oksidlanib, uch valentli shaklga o‘tishi va tuproq eritmasidan cho‘kmaga tushishi sababli, o‘simliklarning bu elementlar bilan oziqlanishi buziladi.
Qaytarilish jarayonlarining rivojlanib, kislotali tuproqlarda Eh ning 450 mv gacha, neytral tuproqlarda esa 250 mv ga qadar pasayishi tuproqda o‘simliklar uchun zararli marganesning ikki valentli birikmalarining ko‘payishiga olib keladi. Eh 540 mv bo‘lganda temir to‘liq ravishda oksidlanib gidratli oksid shaklida eritmadan cho‘kmaga tushadi va o‘simliklarga o‘tmaydigan holda bo‘ladi. Natijada o‘simliklarning bu element bilan oziqlanishi buziladi. Eh mikroorganizmlarning faoliyatiga ham ta‘sir etadi. Jumladan, tuganak bakteriyalarining rivojlanishi Eh 500 mv dan oshganda to‘xtaydi. Nitrifikasiya jarayonlari tuproq aerasiyasi qulay (Eh ning optimal ko‘rsatkichi 550-600 mv) bo‘lganda yaxshi boradi. I.P.Serdobolskiy (1949) azotli birikmalarning o‘zgarishi jarayonlarida oksidlanish- qaytarilish sharoitlarining quyidagi chegarasini ko‘rsatadi (mv hisobida): 480 dan yuqori bo‘lganda nitratlar; 480-340 – nitrat, nitritlar; 340-220 – nitritlar; 220 dan past - azot oksidi, molekulyar azot yuzaga keladi. Tuproqqa ishlov berish, namligi va haroratining o‘zgarishi va mikroorganizmlar faoliyati kabi omillar natijasida vegetasiya davrida oksidlanish-qaytarilish sharoitlari ham o‘zgaradi (34-jadval).
jadval O‘tloq tuproqlarda oksidlanish-qaytarilish potensialining o‘zgarishi.(Farg‘ona
viloyati, I.P.Serdobols kiy bo‘yicha) mv.
O‘rganilgan vaqti
|
Eh
|
O‘rganilgan vaqti
|
Eh
|
7-VII
|
470
|
27-VII
|
475
|
9-VII
|
Sug‘orish
|
10-VIII
|
472
|
10-VII
|
252
|
12-VIII
|
Sug‘orish
|
13-VII
|
355
|
13-VIII
|
295
|
Bundan ko‘rinib turibdiki, tuproq tarkibidagi namlikka ko‘ra Eh keskin o‘zgaradi. Ayniqsa sug‘orilgandan keyin uning miqdori juda past bo‘ladi. Oksidlanish-qaytarilish sharoitlarining keskin o‘zgarishi va umuman olganda Yeh ning 250 mv dan pasayishi, tuproq unumdorligiga salbiy ta‘sir etadi. Shuning uchun tuproqdagi oksidlanish-qaytarilish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan turli agrotexnika tadbirlaridan foydalaniladi. Jumladan, sug‘orish yoki yerni quritish, unga ishlov berish yo‘li bilan tuproq namligini tartibga solish, tuproq strukturasini yaxshilash orqali aerasiya, jumladan kislorod rejimini maqbullashtirish singari tadbirlar natijasida tuproqning oksidlanish-qaytarilish jarayonlari uchun qulay sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |