Tuproq eritmasining o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati.
Tuproq eritmasi ilgari aytilgandek, o‘simliklarning oziqlanishida va umumiy hayot faoliyatida juda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham akademik V.V.Visoskiy tuproq eritmasini organizmdagi qon bilan tenglashtirgan edi.
jadval Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentrasiyasining osmotik bosimga bog‘liqligi
(I.Jiyemuratov, 1968)
Sho‘rlanish darajasi
|
Kuchsiz
|
O‘rtacha
|
Kuchli
|
Quruq
qoldiq (g-l)
|
Osmotik bosim, atm
|
Quruq
qoldiq (g-l)
|
Osmotik bosim,atm
|
Quruq
qoldiq (g-l)
|
Osmotik bosim, atm
|
1,20
|
0,90
|
5,76
|
2,76
|
9,96
|
5,12
|
2,55
|
0,96
|
8,17
|
3,47
|
20,58
|
7,46
|
3,86
|
1,42
|
13,66
|
4,57
|
24,03
|
9,27
|
5,52
|
1,76
|
15,85
|
5,90
|
35,68
|
14,3
|
7,20
|
2,44
|
21,08
|
6,50
|
52,51
|
2,95
|
Tuproq eritmasi tarkibi va konsentrasiyasining keskin o‘zgarishi o‘simliklar suv va oziqlanish rejimlarining buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham insonlar o‘zining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishdagi faoliyatida yerga turli vositalar bilan ta‘sir etib, tuproq eritmasi tarkibini mo‘tadil holda saqlashga harakat etishadi. Tuproqni sug‘orish va zahini qochirish usullari, unda maqbul suv va havo rejimlarini yaratish bilan birga, tuproq eritmasining juda yuqori bo‘lgan konsentrasiyasini kamaytirish va shuningdek o‘simliklar uchun zararli hisoblangan temir II oksidi birikmalarining miqdorini pasaytirish imkonini beradi. Turli o‘g‘itlarni qo‘llanish tuproq eritmasidagi biofil elementlarining ma‘lum miqdorda bo‘lishini ta‘minlaydi. O‘simliklarning oziqlanishida tuproq eritmasining osmotik bosimi katta rol o‘ynaydi. Agar tuproq eritmasining osmotik bosimi o‘simliklar hujayrasi sharbati osmotik bosimiga teng yoki undan yuqori bo‘lsa, o‘simliklarga suvning o‘tishi to‘xtaydi. Tuproq eritmasidagi osmotik bosimning ko‘payishi natijasida qishloq xo‘jalik ekinlarining normal rivojlanishi buziladi. Sho‘rlangan tuproqlarda osmotik bosim yuqori bo‘ladi. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda 30-40 MPa, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda 50-60 MPa. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi 20-50 g-l bo‘lganda
osmotik bosim 150-260 MPa gacha oshadi va namning o‘simlikka o‘tishi to‘xtaydi. Bunda eritmaning tarkibi muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, sulfatli sho‘rlangan qum tuproqlarda o‘simliklarga nam o‘tishi qiyin bo‘lgan osmatik bosim 150 MPa, xloridli sho‘rlanishda esa 260 MPa bo‘ladi. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi g‘o‘zaning unib chiqishi uchun 5-8 g-l, normal rivojlanishi va o‘sish davrlarning normal o‘tishi uchun tuproq eritmasining umumiy konsentrasiyasi haydalma qatlamida 10-12 g/l dan oshmasligi zarur. I.Jiyemuratov (1968) ning ma‘lumotiga ko‘ra Buxoro viloyati sharoitida tuproq eritmasining bosimi 1 atm.atrofida bo‘lganda chigit yaxshi unib chiqqan 3-5 atm.da chigitning unib chiqishi pasayib, 10-15 atmosferada (eritmadagi tuzlar konsentrasiyasi 31-39 g/l) qurib qolgan. 33-jadvalda S.N.Rijovning tuproq eritmasining konsentrasiyasi va osmatik bosimning g‘o‘za hosildorligiga ta‘siriga doir keltirgan materiallari ham bu ma‘lumotlarni tasdiqlaydi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, tuproq eritmasining konsentrasiyasi 30 g/l dan oshganda g‘o‘za nihollari nobud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sib rivojlanishida tuproq eritmasining reaksiyasi ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, eritmaning yuqori darajadagi ishqoriyligi va tuproqda soda(Na2CO3) ning ko‘p to‘planishi o‘simliklarga nihoyatda zararli ta‘sir etadi. Masalan, sho‘rtob tuproqlarning sho‘rtoblangan ustunsimon gorizontida soda 2 g/l (pH-8,6), sho‘rtob qatlam ostida esa 4 g/l bo‘lib, pH 9,1-10 ga yetadi. Bu ko‘rsatkichlar ekinlar uchun zararlidir hamda tuproqlarni kimyoviy meliorasiyalashni talab etadi. Madaniy o‘simliklarning tuproq eritmasi kislotali reaksiyasiga chidamliligi va talabchanligi ham bir xil emas.
jadval Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentrasiyasi va osmotik bosimiga ko‘ra g‘o‘za
hosildorligi(S.N.Rijov, 1970)
Dala
|
Uchastka
|
Hosil, s/ga
|
Eng kam nam sig‘imi bo‘lganda tuproq
eritmasining konsentrasiyasi, g/l
|
Quruq
qoldiq
|
Cl-
|
SO42-
|
Osmotik
bosim, Pa
|
1
|
1
2
3
|
35,5
35,4
31,9
|
3,53
3,21
5,03
|
0,33
0,29
0,36
|
1,45
1,25
1,91
|
9,5
1,16
1,66
|
104
105
105
|
2
|
1
2
3
|
22,1
17,5
16,5
|
8,40
13,50
18,61
|
0,69
1,32
1,45
|
3,76
6,90
11,15
|
3,74
4,76
6,91
|
106
105
105
|
3
|
1
2
3
|
1,3
0,6
0,0
|
27,15
30,10
38,90
|
2,42
2,46
4,38
|
4,41
10,5
17,40
|
1,1
9,15
1,2
|
106
105
106
|
Dostları ilə paylaş: |