Tuproq sanitar gigenik ahamiyati


Tuproqlarning unumdorlik xususiyati



Yüklə 46,49 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü46,49 Kb.
#193719
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuproqning fizik mexanik xossalari

2.1. Tuproqlarning unumdorlik xususiyati.
V.R.Vilyams ta‘rifiga ko’ra tuproq unumdorligi degan tushunchani tuproqning o’simliklarga zarur miqdordan suv va ozuqalarga bo’lgan talablarini, butun o’suv davri davomida ayni bir vaqtda va maksimal darajada qondirish qobiliyati degan ma‘noda tushunish kerak.
V.R.Vilyams bunday sharoitga asosan, strukturali tuproq javob bera oladi deb hisoblaydi va tuproq unumdorligining saqlashning yagona yo’lini o’t-dalali almashlab ekish bilan bog’laydi. Dehqonchilikni jadallashtirishni tuproqqa tushayotgan og’irlik bu g’oyaning ahamiyatini kamaytirmaydi va aksincha, oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi intensiv dehqonchilik rayonlarida bu holatni hisobga olmaslik tuproq unumdorligining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproq unumdorligi tushunchasiga tuproqning o’sishi va rivojlanishi ta‘minlovchi yana bir qator xususiyatlarini tuproq havosi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va shu kabilarni ham qo’shish kerak. Bu qo’shimchalar madaniy o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabini chuqur o’rganish natijasida kiritiladi. Bundan tashqari dehqonchilikda o’simliklarni tuproqqa uning unumdorligiga bo’lgan talabi yanada oshib ketadi.
Tuproq unumdorligi, uning kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari orqali namoyon bo’ladi. Shuni qayd qilish kerakki, qishloq xo’jalik o’simliklarining hosildorligi, butunlayicha tuproq unumdorligiga bog’liq emas. Ba‘zi olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, (I.S.SHatilov, T.N.Kulavokskaya va b), madaniy o’simliklar hosilining uchdan bir qismi iqlim sharoiti, agrotexnik tadbir, shuningdek yetishtirilayogan navlarning xususiyatlari va boshqalar bilan bog’liq.
Sug’orish jarayonida tuproq unumdorligi omillarining roli bir qadar oshadi. Chunki suv va ozuqa tartiblari, o’simliklarning vegetatsiya davrida ayrim bosqichlarni o’tishi kabi qator omillarni ma‘lum darajagacha boshqarish imkoniyati yaratiladi.
SHu naqtai nazardan qo’yida sug’oriladigan tuproqlar unumdorligini tashkil qiluvchilarning ba‘zi birlarini ko’rib chiqamiz.
Tuproqning organik moddalari uni tuproq hosil qiluvchi jinslardan farqlaydigan asosiy ko’rsatkichidir. Chirindi tuproq sistemasini “uyushtiruvchi” sifatida katta rol o’ynaydi. Sug’oriladigan tuproqlarning chirindi tartibi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda qo’riq yerlardan farqli o’laroq organik moddalardan, organik moddalarning tuproq profilida yo’qolishi, qayta hosil bo’lishi va taqsimlanishi yuzaga keladi. Masalan, tipik bo’z tuproqlarda chirindining eng ko’p miqdori, profilning yuqori qismdagi chimli qatlamga to’g’ri kelib 2,0 - 2,5 % ni tashkil etadi va pastki qatlamlarda keskin kamayadi. Bo’z voha tuproqlarida esa, chirindi miqdori sug’orish boshlangandan keyin chirindili qatlamning pastki qatlamlari bilan ajralishi hamda organik moddalarning mineralizatsiyalanish jarayonining ortishi tufayli sezilarli darajada kamayadi. Lekin ma‘lum bir vaqtdan so’ng, oldingi vaqtdagi tipik bo’z tuproq (hozirgi davrda bo’z vohaning) yuqori qatlami o’simlik qoldiqlari miqdori oshishi va ularning mineralizatsiyalanish sur‘atining o’sishi natijasida yana ma‘lum bir chegaragacha chirindi bilan boyiydi. Bo’z voha tuproqlarida organik moddalar miqdori haydalma qatlamda (30-35 sm) 1,2-1,5 % ni tashkil etsa, u optimal chirindi miqdoridir. Shu bilan birga chirindi bilan boyigan qatlamlar qalinligi 1-1,5 m ga yetadi. Chirindining 1 m li qatlamdagi umumiy miqdori gektriga 100-180 t ga yetadi. Shu bilan birga chirindining sifat tarkibi ham o’zgaradi. Chirindining tuproq profilida taqsimlanish va miqdori sug’oriladigan tuproqlarni mustaqil tip sifatida ajratishning asosiy sabablaridan biridir.
SHuni qayd etish kerakki, tuproq unumdorligi nafaqat undagi chirindining umumiy miqdori bilan belgilanib qolmaydi, aksincha tuproqning yuqori qatlamidagi va har yili o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida yangilanib turadigan “musaffo”, “faol” chirindi bilan belgilanadi. Chuqur qatlamlardagi chirindining inertligi 1954 yilda M.A. Orlov va undan keyin qator olimlarning paxta o’simligi bilan o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib berildi.
2. Chirindining ekologik roli juda kattadir.
Uning o’simliklar o’sish va rivojlanishiga ijobiy, fiziologik, bioximik yo’l bilan ta‘siri ilmiy ravishda asoslangan. Unumli dehqonchilik sharoitida yuqori texnikaviy og’irlik ta‘siri paytida chirindining mineral o’g’itlar o’zlashtirilishini oshirish qobiliyati bebahodir.
Tuproq chirindisining ekologik ahamiyati uning qo’riqlovchi funktsiyalarida ham aks etadi. Gryunvaldning ma‘lum tajribalarida shu narsa qayd etildiki, organik o’g’itlar solinganda, suli trips kasalligiga duchor bo’lmaydi. Shu bilan bir vaqtda dalaning mineral o’g’itlar solingan qismida esa o’simliklarning katta qismi sezilarli darajada kasalga chalindi. Shuningdek “Tuproqshunoslik” va “Agoroximiya” institutida lizimetriya yordamida olib borilgan tajribalar tuproqda “faol”, “Musaffo” chirindi mavjud bo’lganda g’o’za vilt kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug’lar ta‘sirini kamayishini ko’rsatadi. Chirindining tuproq unumdorligi uchun qanchalik katta ahamiyati bo’lmasin, umuman chirindi hosil bo’lish jarayoni ham tuproq hosil bo’lish jarayonidek judayam sekinlik bilan ro’y beradi. Tipik bo’z tuproqlarning to’la genetik profili hosil bo’lishi uchun bir necha o’n yil, hattoki bir necha yuz yillar kerak. Shu bilan bir vaqtda tuproq ekologik jihatdan kuchsiz tuzilmalarga mansub bo’lib, uni halok qilish juda oson. Bu esa eng ko’p hollarda odamlarning “madaniy” deb hisoblangan faoliyati ta‘sirida yuz beradi. Yerlardan yuqori texnik bosimlar ayniqsa, ayrim o’simliklarning yakka hokimligidan jadal foydalanish natijasida yerlarni buzilishi qaytmas jarayon kasb etishi mumkin. Bundan ham yomoni puxta o’ylamasdan qo’llanilgan tadbirlar yerlarni 1-2 avlod hayotida hosil olish mumkin bo’lmagan yerlarga aylantiradi.
Bo’z voha tuproqlarida chirindi odatda, g’o’za, beda, va oraliq ekinlari qoldiqlarining chirishi hisobiga hosil bo’ladi. 9 dalali almashlab ekish sharoitida har gektar bug’doyzordan 100-120 ts hosil olganda tuproqda qoladigan organik qoldiqlar chirindi taqchilligini qoplashga yetarli bo’lmaydi. Bundan ham kattaroq taqchillik esa, g’o’za yakkahokimligida vujudga keladi. Bo’z voha tuproqlarida vujudga kelgan chirindi kamayib ketish hodisasi uning yaqqol misolidir. Samarqand va Toshkent vohalaridagi ayrim xo’jaliklar bo’yicha olingan ko’p yillik ma‘lumotlarni taqqoslash shuni ko’rsatadiki, 25-30 yil davomida chirindi miqdori 0,2-0,3 % ga kamayib ketgan. Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyati xo’jaliklarida tuproq xaritalarini o’zgartirish va tuproqlarni baholash bo’yicha biz tomonimizdan o’tkazilgan batafsil tekshirishlar yuqori agrotexnik tadbirlar joriy qilinganda, bo’z voha tuproqlarida chirindi miqdori optimal darajada saqlanib turishini ko’rsatadi.
3. Tuproqda chirindi to’plashda ozuqa elementlarini roli. Albatta, chirindi bilan tuproq unumdorligi, tuproqdagi chirindi miqdori bilan hosildorlik o’rtasida barobar belgisini qo’yish yaramasa-da, har holda chirindi ma‘lum darajada o’simliklar ozuqa elementlari, azot, fosfor, kaliy va mikroelementlarning zahirasi hisoblanadi. Bundan tashqari uning tarkibida fermentlar, vitaminlar, o’stirish moddalari mavjud. Ehtimol shuning uchun ham chirindiga boy tuproqlarda mineral o’g’itlar to’laroq o’zlashtirilsa kerak.
Tuproqning ekologik holati va unumdorligi mineral o’g’itlarni solish bilan chambarchas bog’liq. Bo’z tuproqlar zonasining eng unumdor tuprog’i, bo’z voha tuproqlarning tabiiy unumdorligi paxtadan 12-15 ts atrofida hosil olishni ta‘minlaydi. Shuning uchun ham O’zbekistonning sug’oriladigan tuproqlarida mineral o’g’itlarni qo’llash, agrotexnik kompleksni asosiy zarur qismidir. Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, inson organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‘rinni egallaydi. Tuproq murakkab ko‘rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarkibida juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi mumkin. U er qobig‘ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‘lib turadigan bir qator jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lib turadi. Tuproqning mineral komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta’sirida er qobig‘ining qattiq qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‘ladi. Organik tarkibi esa, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‘ladi va ular tuproqning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari.

Yüklə 46,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin