Tuproqning begona o‘tlar urug‘i bilan ifloslanganligini hisobga olish mashg‘ulot maqsadi



Yüklə 20,71 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü20,71 Kb.
#189469
1   2   3
11-AMALIY MASHG\'ULOT. TUPROQNING BEGONA O‘TLAR URUG‘I BILAN IFLOSLANGANLIGINI HISOBGA OLISH

(Qoqiòt)—murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik sut shirali oʻsimlik turkumi. Boʻyi 10—40 sm, barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, lansetsimon, koʻpincha toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, savatchaga yigʻilgan. Mevasi pistacha. Apreldan iyulgacha gullab, meva tugadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Yoʻl yoqalari, ariq boʻylari, bogʻlar, togʻli joylar va dalalarda uchraydi. Togʻ qoqi, dorivor qoqi (momaqaymoq), shoxsiz qoqi, kallakdor qoqi va boshqa turlari bor. Ildizida inulin toʻplanadi. Barglari sabzavot sifatida ishlatiladi. Q.ning ildizidan tayyorlangan ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi hamda oʻt haydovchi dori sifatida ishlatiladi.
Oqbosh (Karelinia caspia (Pall.) Less.) — murakkabguldoshlarga mansub ildiz-bachkili koʻp yillik begona oʻt. Poyasi yoʻgʻon, sershox, tik usadi, boʻyi 50— 100 sm. Barglari butun, uzunchoq, bandsiz, bir oz etli, poyani chala oʻrab turadi. Savatchasi silindrsimon, uz. 10–15 mm, eni 4–8 mm. Gullari naysimon, pushti-gunafsharang, toʻpgulli savatcha. Iyun—sentabr oylarida gullab urugʻlaydi. Nihollari aprel—mayda unib chiqadi. Ildiz bachkisi va urugʻidan koʻpayadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Dalalarda, gʻallazor va bedapoyalarda uchraydi.
Ittikanak (Bidens) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar tur-kumi. Boʻyi 15—60 sm, barglari qanotsimon, qisqa bandli. Qaramaqarshi joylashgan. Gullari sariq, savatchaga toʻplangan. Mevasi pistacha. Oʻzbekistonda 1 turi oʻtloklarda, ariq boʻylarida, ekinlar orasida usadi. Tarkibida karotin, S vitamin, efir moyi, oshlovchi boʻyoq, shilimshiq va b. moddalar bor. Xalq tabobatida bolalarning diatez kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda ovqatni hazm qildiruvchi, siydik haydovchi va ter chikaruvchi dori sifatida, baʼzi teri kasalliklari (ekzema)ni davolashda qoʻllaniladi.
Tuproqni ifloslantiruvchi begona o‘tlarning tur tarkibini va miqdorini bilish dalalarning tozaligini ta’minlash borasidagi kurash tadbirlarini tanlashni yengillashtiradi. Amaliy maqsadlar uchun ifloslanganlikni ekinni yig‘ishtirib olish vaqtida hisobga olish ma’qul.
Bu begona o‘tlarning to‘kilgan urug‘i sonini hisobga olish va shu kuzning o‘zida tuproqni begona o‘tlardan tozalashning zarur tadbirlarini belgilashga imkon beradi.
Shumg‘iya va zarpechak urug‘i topilgan uchastkalarga tekinxo‘r begona o‘tlardan zararlanmaydigan ekinlar ekish nazarda tutiladi.

Yüklə 20,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin