Tuproqning mexanik tarkibi Tuproqning namlik sig‘imini aniqlash Mikroblarning umumiy sonini aniqlash


Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish



Yüklə 48,51 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,51 Kb.
#206658
1   2   3   4   5   6
Tuproqning fizik kimyoviy xossalarini aniqlash

Tuproqni bakteriologik va gelmintologik tekshirish.



Tuproq har xil mikroorganizmlarga (bakteriya, aktinomitset, mog‘or, achitqi, sodda va suv hayvonlari) nihoyatda boy. Qora tuproqda - qumoq, kulrang tuproqga nisbatan mikroorganizmlar ancha ko‘p bo‘ladi. Namlik Yuqori va yomon havo almashadigan yoki haddan tashqari quruq tuproqda esa kam bo‘ladi. Eng ko‘p mikroorganizmlar tuproqning 10 - 30 sm qalinligida bo‘lib, 1 g tuproqda ular mingdan bir necha millionlargacha uchraydi. Tuproqning eng ustki yuzasida mikroorganizmlar juda kam bo‘ladi, Chunki Quyosh nuri va qurg‘oqchilik tufayli ular nobud bo‘ladi. Shu bilan birga 2 - 4 m chuqurlikda 1 - 2 dona va 6 m chuqurlikdan keyin umuman mikroblar uchramaydi. Buning sababi tuproqning ustki qatlamlarida ozuqa muhiti ko‘p bo‘lib, mikroblar o‘sishi uchun sharoit Yaxshi bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar soni yilning fasliga qarab o‘zgaradi ya’ni qishda eng kam, bahorda eng ko‘p va Yozda esa maksimumga etadi. Tuproq mikrofloralari juda xilma-xil bo‘lib, ko‘pchiligi saprofitlardir. Chunonchi, kokklar shaklidagi saprofitlar, spora taShuvchi anayeroblar, tyermofill bakteriyalar, pigmentli va pigmentsiz sporasiz bakteriyalar ko‘p uchraydi. Tuproq tarkibida saprofitlardan tashqari patogen mikroblar, sporalari va gelmintlarning tuxumlari ham ko‘p bo‘ladi. Patogen mikroblar tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo‘ladi, yoki patogenlik xossalarini yo‘qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo‘zg‘atuvchilari) tuproqda uzoq vaqt tirik qolishi mumkin. Masalan, kuydirgi bakteriyalarining sporalari tuproqda 10-20 yilgacha va bundan ko‘ra ko‘proq saqlanib qoladi. Tuproqdagi bakteriyalarning nechog‘li uzoq yashashi oziq muhiti va nam bor-yo‘qligiga ko‘p darajada bog‘liq. Nam tuproqda bakteriyalar quruq tuproqdagiga qaraganda 2 - 4 baravar ko‘p saqladi.
Masalan, kuydirgi kasalligining mikrobi tuproq neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘lsa uzoq vaqt saqlanibgina qolmay, hatto faollashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblardan sil, brutsellYoz, Cho‘chqa saramasi, salmonellYoz, parranda pullorozi, nekrobatsillYoz, oqsil, dyermatomikoz va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari ancha kungacha saqlanadi. Odam va hayvonlar axlati bilan birga tuproqqa gijja tuxumlari va bo‘g‘imlari tushib turadi. Tuproq parazit hayot siklining bir qismi kechadigan muhit bo‘lgani uchun gelmintozlarning tarqalishida, xususan askaridozning tarqalishida katta rol o‘ynaydi. Bitta urg‘Cohi askarida odam yoki hayvon ichagida bir kecha-kunduz mobaynida 24000 gacha tuxum qo‘yadi, uning Shu tuxumlari keyingi axlat bilan tashqariga chiqariladi. Bevosita tuproq yuzasida harorat Yuqori va nam yo‘q bo‘lganda Quyoshning ultrabinafsha nuri ta’sirida askarida tuxumlari 7 soatda halok bo‘ladi. Lekin 2,5 - 10 sm chuqurlikda askarida tuxumlari qurish va Quyosh nurining ta’siridan saqlanib qolib, yashash qobiliyatini bir yilgacha yo‘qotmasligi mumkin.
Bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari odatda Nekrasovning tuproq parmasi yordamida olinadi. Bu parma yordamida 3 metrgacha chuqurlikdan tuproq namunalarini olsa bo‘ladi. Parmalashdan oldin parmaning ishchi qismi har safar kuydiriladi. Parma bo‘lmasa va namuna tuproqning yuza qatlamlaridan olinadigan bo‘lsa, zarur chuqurlikda chuqurcha kovlanib, keyin alangaga tutilgan pichoq yoki shpatel bilan tuproq kesmasining yuza qatlami olib tashlanadi, alangaga tutilgan qoshiq bilan tuproq olinib, ishqalab bekitiladigan yoki paxta tiqinli steril idishga solinadi. Namuna solingan idishni og‘zini bekitishdan avval tiqinni alangada zararsizlantirish lozim. Bitta namunaga qarab tuproqning sanitariya holati to‘g‘risida fikr bildirish qiyin bo‘lganidan bakteriologik tekshirish uchun odatda bir nechta namuna olinadi.
Tuproqni sanitariya gigiyena tomonidan baholashda uning tarkibida uchraydigan mikroblarning umumiy soni, ichak tayoqchalarining koli - titri va koli - indeksi, gelmintlarning tuxumlari, lichinkalari hamda zamburg‘larni aniqlash ishlab chiqarish amaliyotida katta ahamiyatga egA. Tuproqni bakteriologik tekshirishda qo‘yidagilar aniqlanadi.
Mikroblarning umumiy sonini aniqlash. Zararsizlantirilgan byuks ichida Yaxshilab aralashtirilgan tuproqdan 1 g o‘lchab olinib hovonchada 5 minut maydalab eziladi. Ezilgan tuproqni zararsizlantirilgan kolbaga solib, ustiga 100 ml suv quyib, 10 minut davomida chayqatilib aralashtiriladi va 5 minut tindiriladi. So‘ngra Shu suspenziyadan tuproqning ifloslanish darajasiga qarab 0,1 dan 0,00001 gacha yeritma tayyorlanadi. Tayyorlangan yeritmadan 0,1 ml dan zararsizlantirilgan pipetka yordamida GPA qo‘yilgan probirkaga qo‘yilib, kaft orasida ishqalab aralashtiriladi. Keyin Petri kosachasiga quyilib 72 soat +25 - 30 oC li tyermostatda saqlanadi. Shundan so‘ng o‘sgan mikroblar koloniyasi PSB-1 priborida sanalib 1 g tuproqdagi mikroblarning umumiy soni aniqlanadi.

Yüklə 48,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin