Tuproqning koli - titri va koli - indeksini aniqlash - buni aniqlashda Nesslyer ozuqa muhiti ishlatiladi.
Koli - titr deb, eng kam miqdordagi tuproq, suv va oziq - ovqat mahsulotlarini tekshirganda 1 dona ichak tayoqchasining bo‘lishiga aytiladi.
Koli - indeksdeb, tekshirilgan 1 litr miqdordagi mahsulotda topilgan ichak tayoqchalarining soniga aytiladi.
Nesslyer muhitidan po‘kak tiqinli probirkaga 5 ml qo‘yilib, 15 minut davomida +120 oC li avtoklavda zararsizlantiriladi. So‘ngra tayyorlangan tuproq suspenziyasidan probirka ichidagi ozuqa muhitiga ekiladi. Keyin tyermostatda + 37 oC da ma’lum kamida 24 soat saqlanib, o‘sgan mikrob koloniyalari sanaladi.
Tuproqdagi gelmintlarning tuxumini aniqlash - buning uchun metalll kurakcha bilan bir necha joydan 100 grammdan 5 - 10 ta tuproq namunasi olinadi. Namunalar uzoq vaqt tekshirilmaganda og‘zi Cohiq shisha idishda 3 % li formalin yoki 3 % li xlorid kislota yeritmasi bilan konsyervatsiya qilinadi. Bu holatda 18 - 24 soat saqlanib, vaqti - vaqti bilan aralashtiriladi. Maydalangan tuproq namunasidan 5 - 10 g olinib, 50 ml hajmdagi sentrifuga probirkasiga solinadi. Ustiga 20 ml 5 % li uyuvchi natriy yeritmasidan qo‘shilib shisha tayoqcha yordamida 4 - 5 minut davomida 4 marta aralashtiriladi. Probirka ichidagi aralashma 1 - 2 minut sentrifugada aylantirilib, probirkadagi ortiqcha ishqor to‘kiladi. Keyin probirkaga azotli natriy yeritmasidan qo‘yib, 2 minut davomida 3 - 5 marta sentrifugada aylantiriladi. Har safar aylantirilgandan so‘ng ustida hosil bo‘lgan pardani ilmoq bilan olib suvli stakanga aralashtiriladi. Sentrifuga stakanidagi tuproq nordon azotli natriy yeritmasi bilan Yaxshilab aralashtirilib, yana aylantiriladi. Probirkadan olingan parda bilan aralashtirilgan suv Goldman dahanasiga o‘rnatilgan filtr qog‘oz orqali o‘tkaziladi va ho‘llangan filtr qog‘oz mikroskopning kichik ko‘rstkichida tekshirilib, gelmintlarning tuxumi aniqlanadi.