Tuproqning kichik turlari va o'simliklarning kichik sinflari
Shimoliy tayga, o'rta tayga, Janubiy tayga, dasht; o’tloqi, botqoq, sho'rhok
Toifa
Relyefning morfologiyasi va kelib chiqishi (relyefning genetik turi)
Muzlikli tepaliklar, suv-muzlikli to’qinsimon yuzalar, yassi-to'lqinli qadimgi allyuvial yotqiziqlar
Kichik toifa
Yuza yotqiziqlar litologiyasi
Qumloq, lyossli, qumli, tosh-shg’alli
Xil
Landshaftlarning morfologik tuzilishiga ko`ra
G'arbiy Sibir tekisliklaridagi engil qumloq tarkibli qora tuproqli, turli o’t qoplamiga ega bo’lgan dashtlar
Landshaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik landshaftlar bo‘limi hisoblanadi. Bo‘lim darajasiga kiruvchi landshaftlar asosan Yerning geografik qobig‘ini tashkil qiluvchi turli geosferalarning bir-biri bilan tutashib turishi va o‘zaro ta'sir turiga qarab aniqlanadi.

Landshaftlar bo‘limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz. Landshaftlar qismi birligi landshaftlarning eng asosiy energetika bazasi bo‘lmish namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o‘xshashliklarga qarab birlashtirishga imkoniyat beradi. Bunday o‘xshashlik yoki farqlar joylarning makroiqlimiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar bilan o‘z navbatida joyning gidrologik rejimi, hukmron bo‘lgan o‘simlik turi va biologik modda aylanish turi kabilar chambarchas bog‘liqdir.