Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik-landshaftlar sinfidir. Bu birlik yuqorida misol keltirilgan barcha tasnif tarixlarida (N.A.Gvozdetskiy, A.G.Isachenko) ishtirok etadi. Bu tasniflash tajribalarining deyarli hammasida ham sinflarni aniqlashda birgina xususiyat, ya'ni landshaftlarning morfotektonik xususiyati asos qilib olinadi va asosan ikkita landshaftlar sinfi ajratiladi:

1. Tog‘ landshaftlari sinfi
2. Tekislik landshaftlari sinfi.
Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy farq ularda tabiiy zonalarning ikki xil ko‘rinishda (tekislikda kengliklar bo‘ylab, tog‘larda esa pastdan yuqoriga) bo‘lishidir.
Navbatdagi tasnif birligi-landshaftlar guruhidir. Bu birlikni aniqlab olishda asosiy belgi sifatida landshaftlarning suv va geokimyoviy tartibi, ya'ni landshaftlarning atmosfera yog‘inlari hisobiga, grunt suvlari hisobiga yoki yana bir boshqa suvlar hisobiga namlanish nisbati asos qilinib olinadi. Ana shu belgilarga qarab tekislik landshaftlari ichida elyuvial (avtomorf), elyuvial-gidromorf (yarim gidromorf), gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin.