ЧАРХПАЛАК ТЕХНОЛОГИЯСИ
CHarxpalak texnologiyasi aylanib kelish ma’nosini anglatib, tabiiy fanlarni o‘qitilishida keng qo‘llanilib kelinayotgan va yuqori natijalarga erishilayotgan metodlar qatoriga kiradi. Mazkur metod ko‘proq ma’ruzalar o‘qishda, talablar soni 20-25 nafar bo‘lganda yuqori natija beradi. Albatta bu texnologiya ham bir necha variantlar va bosqichlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Quyida mazkur metodni 3 variant ko‘rinishida taxlil etib o‘tamiz.
Birinchi variantning birinchi bosqichida auditoriya talabalari guruhlarga bo‘linadi, ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan oldindan o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tayyorlangan vazifalar guruhlarga tarqatiladi, uchinchi bosqichda belgilangan vaqt davomida talabalar guruh bilan ishlashadi va o‘qituvchi talabalarni faollashish darajasini nazorat qilib turadi. To‘rtinchi bosqichda guruhlar bajargan vazifalar bir-birlari bilan almashtiriladi, ya’ni birinchi guruh, ikkinchi guruhga, uchinchi guruhga va xakazo. Guruhlar soniga qarab bu jarayon bir necha bor bajariladi, toki birinchi guruhning vazifasi o‘ziga qaytib kelguniga qadar. Beshinchi bosqich, bunda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, talabalar o‘zlari bajargan vazifani tekshiradi, baholaydi, tahlil qiladi. O‘qituvchi xulosa qilib, talabalarni baholaydi.
Ikkinchi variantda auditoriyani guruhlarga bo‘lib ishlash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llash yuqori samara beradi. Mazkur variantning birinchi bosqichida o‘qituvchi auditoriya talabalariga vazifalarni tarqatib chiqadi, bunda talabalar yakka holda ishlaydi.
Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida talabalar vazifalarini bajarishadi. Har bir o‘tirgan talabaga bitta vazifa yoki bir ikki talabaga alohida alohida vazifalar berilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda talabalar vazifalarini bir-birlari bilan almashtiradilar va aksincha bir birlari bilan almashmasalar ham bo‘ladi. O‘qituvchi auditoriyadagi sharoitga qarab o‘zgarishlar kiritishi mumkin. To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, talabalar o‘zlari bajargan vazifalarni qay darajada bajarganlariga qarab o‘zlarini o‘zlari baholaydi. Vaqt belgilanisha qarab o‘qituvchi vazifalarni yig‘ib olishi, tekshirib keyingi darslarda e’lon qiladi.
Misol o‘rnida keltirishmiz mumkinki, mavjud elementlar orasidan og‘ir metallar va radioaktiv elementlarga mansubini tanlash lozim. To‘g‘ri javobni Q belgisi bilan belgilanadi. YA’ni, “Qo‘rg‘oshin” elementi og‘ir metallar qatoriga kiradi. Xudud shu elementni “Og‘ir metallar” deb nomlangan grafaga belgilanadi (1-jadval) va hakozo.
1-jadval
CHarxpalak texnologiyasi bo‘yicha elementlar orasidan og‘ir metallarning tanlash va belgilash
Elementlar
|
Og‘ir metallar
|
Uchuvchan gazlar
|
Radioaktiv elementlar
|
Ishqoriy metallar
|
Na
|
|
|
|
Q
|
V
|
Q
|
|
|
|
U
|
|
|
Q
|
|
As
|
Q
|
|
|
|
K
|
|
|
|
Q
|
Sm
|
|
|
Q
|
|
Cs
|
|
|
|
|
Ni
|
Q
|
|
|
|
Uchinchi variantda guruhlarga bo‘lib, yana har bir guruh a’zosiga alohida vazifalar beriladi, guruh a’zolari o‘z ishlariga guruh nomeri va har bir guruh a’zosi o‘zinikini tanib olish maqsadida shaxsiy belgi qo‘yiladi va o‘z ishlari qaytib kelgunga qadar almashtirishni davom ettiradilar. Bu variantda barcha talabalar ishlaydi, faollashadi va baholanadi, eslash, xotirlash kabi qobiliyatlar shakllanadi.
SHu tariqa talaba og‘ir metallar qatorida boshqa elementlarni ham bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu o‘rinda aytish o‘rinliki, hozirda Respublika oliy ta’lim muassasalarida umumiy kurslar va ayrim fanlar katta auditoriyada (talabalar soni 25-100 nafar atrofida) olib borilmoqda. Maxsus kurslarning ma’ruzalari esa qariyb barchasi kichik guruxlarda (25 nafargacha) olib borilmoqda. Mazkur pedagogik usul ham aynan kichik guruxlarda yuqori samara beradi, hattoki magistratura mutaxassisliklarida ham foydalanish maqsadga muvofiq.
Bir qator horijiy mamlakatlarning (Gollandiya, CHexiya, YAponiya, Koreya) o‘quv jarayonlari taxlil etilganda ma’lum bo‘ldiki, bu davlatlarda talabalar prof-o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq ishlaydi, ya’ni fikrlaydi, ijodiy yondoshadi va xakozo. Auditoriyadagi o‘qituvchi esa talabalarni faollashtiradi. SHu bilan birga horijiy mamlakatlarda talabalarning mustaqil ishlashiga ko‘proq sharoit yaratiladi va nazorat qilinadi. SHu nuqtai nazardan mazkur usuldan foydalanish kutilgan natijalarni berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |