F - fikringizni bayon eting;
S - fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.
FSMU texnologiyasi vositasida talabalar munozarali masalalarni hal etishni, o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazilishini o‘rganadilar, shuningdek talabalar o‘z fikrlarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga erishib, bahslashish madaniyatini o‘zlashtiradilar. Mazkur uslub talabalarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, fikrini tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Qolaversa, yangi mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. SHuningdek o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tassavurlarini yozma shaklida, dalil va isbotlar bilan ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o‘z bilimlari, tushunchalari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, ma’ruza matnini yaxshi bilgan, yaxshi o‘zlashtirgan, bilimli va aql-idrokli talabalar bu uslub asosida to‘g‘ri ishlay oladilar. Bakalavr va magistr talabalariga malakaviy va magistrlik ilmiy ishlarini mavzularini tanlashda, FSMU texnologiyasidan foydalanilsa, talaba va magistrlar tanlagan mavzularini o‘z fikrini ilmiy jihatdan asoslab berishga o‘rganadilar.
БУМЕРАНГ ТЕХНОЛОГИЯСИ
Ushbu texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va harakterga, ya’ni muammoli, munozaralarga ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishda ko‘proq qo‘llaniladi. U o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi, hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashga imkoniyat beradi.
Bumerang texnologiyasining maqsadi - dars davomida talabalar yangi mavzuni yakka va guruh holatida o‘qib o‘rganish, turli savollar, o‘zaro suhbat - munozaralar orqali o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratishdir.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi Qolaversa, xotiralar, g‘oyalar, fikrlar hamda dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. SHuningdek, mazkur texnologiya ta’lim berish bilan bir qatorda tarbiyaviy harakterdagi bir qator vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: ya’ni,
jamoa bilan ishlash mahorati;
muomalalik;
xushfe’llik;
ko‘nikuvchanlik;
o‘zgalar fikriga hurmat;
faollik;
rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
ishga ijodiy yondoshish;
o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
o‘zini holis baholash.
Bundan ko‘rinadiki, talabalarimiz bir vaqtning o‘zida fanga tegishli bilimlar bilan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy bilimlar ko‘nikma va qirralarini ham o‘zlashtirishadi.
Ushbu texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqari turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materiallarni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda darsga ajratilgan vaqt davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Bumerang texnologiyasi auditoriyada talabalar soni ko‘p bo‘lib, guruhlarga bo‘linishga sharoit yo‘q bo‘lgan holda qo‘llanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mazkur texnologiyada matnnining hajmiga qarab auditoriya qatorlarga bo‘linadi, ma’ruza matnlari tarqatiladi va reglament belgilanadi. Belgilangan vaqt o‘tganadan so‘ng o‘qituvchi ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan ssenariy bo‘yicha savollar berib boradi, talabalar javoblar beradilar va bir-birlarini to‘ldirib boradilar, talabalar e’tiboridan qolib ketgan yoki aytilmagan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi hamda yakunlanadi.
Bumerang texnologiyasining yana bir varianti: auditoriyada guruhlar tashkil qilish mumkinligiga qarab, sharoitdan kelib chiqgan holda guruhlarga bo‘linadi, masalan 6 ta guruh, har bir guruhda 6 ta talabadan. Bir guruhdagi 6 ta talabaga ma’ruza matnining murakkabligiga va hajmiga qarab 6 xil material beriladi, qolgan guruhlarda ham xuddi shunday bo‘ladi, reglament belgilanadi. Talabalar bir-birlariga halaqit bermagan holda ma’ruza matni ustida ishlaydilar, o‘rganadilar va o‘zlashtiradilar. Belgilangan vaqtdan so‘ng guruh a’zolari boshqa guruh a’zolariga halaqit bermagan holda o‘z guruh a’zolariga o‘rgangan ma’ruza matnlarini tushuntirib gapirib beradilar. Belgilangan vaqt o‘tganadan so‘ng o‘qituvchi ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan ssenariy bo‘yicha savollar berib boradi, talabalar javoblar beradilar va shu bilan birgalikda bir-birlarini to‘ldirib boradilar, talabalar e’tiboridan qolib ketgan yoki aytilmagan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: |