27. Azot to‘plovchi o‘simliklar keltirilgan qatorni toping?
A) loviya, mosh B) g‘o‘za, kanop
S) kungaboqar D) loviya, jut
28. Makkajo‘xori bilan birga qo‘shib ekilsa bo‘ladigan o‘simlik qatorini ko‘rsating?
A) karam B) sabzi S) loviya D) sholg‘om
29. Qaysi o‘simlikning chiqindisi plastmassa va kley tayyorlashda ishlatiladi?
A) g‘o‘za B) beda S) ernok D) kanakunjut
30. Kungaboqar urug‘i tarkibida necha % yog‘ bo‘lishi mumkin?
A) 52% B) 40% S) 35% D) 100%
31. Efir moyli ekinlar to‘g‘ri keltirilgan qatorni toping?
A) zira, yalpiz B) arpabodiyon, kartoshka
S) qora zira, kunjut D) kungaboqar, g‘o‘za
32. Bargida tola xosil qiladigan o‘simliklar qatorini toping?
A) Zelandiya zig‘iri B) kanop, kendir
S) g‘o‘za, beda D) nasha , maxorka
33. Kanop poyasi tarkibida necha % tola bo‘lishi mumkin?
A) 30% B) 24% S) 40% D) 60%
34. Bir kg paxta tolasidan necha metr chit materiali olish mumkin?
A) 20 m B) 40 m S) 50 m D) 10 m
35. Mosh dukkaklari necha %i pishib etilganda yig‘ishtirib olinadi?
A) 95% B) 75% S) 100% D) 60%
MAVZULARNI O‘QITISHDA FOЙDALANILADIGAN INTERFAOL TAЪLIM METODLARI
“O‘simlikshunoslik fanidan” ta’lim texnologiyasi
“АҚЛИЙ ҲУЖУМ” ТЕХНОЛОГИЯСИ
, Aqliy hujum texnologiyasi dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni echish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralashga asoslanadi. Talabalar birlashgan holda echimi noma’lum muammoni echishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar, eng maqbul echimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bunda dars jarayoni quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish, uning echimini topish uchun talabalarni jalb qilish, turli echimlar taqdimotini eshitish, echimlarni solishtirish va tanlash hamda xulosalash bosqichlari ko‘rinishida.
Aqliy hujum texnologiyasi tanlab olingan mavzular dorasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratilishi kerak.
Dars jarayonida aqliy hujum uslubidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
-talabalarni qo‘yilgan muammo doirasida keng fikrlashga undash;
-talabalar tomonida kutilmagan mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish;
-talabalar tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalarni rag‘batlantirib borish;
-talaba o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalariga asoslanishi yoki aksincha o‘z fikrini o‘zgartirish mumkin ekanligini tushuntirish;
-boshqalar tomonidan bildirilgan fikr yoki g‘oyalar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-yangi fikr yoki g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri echimini e’lon qilishga shoshilmaslik;
-dars jarayonida talabalarning har qanday faoliyatlari, ular bildirayotgan fikr va g‘oyalarni iloji boricha baxolamaslik, sababi past baho olgan talaba keyingi darslarda yangi fikrlar bildirmasligi va dars jarayonida ishtirok etmasligi mumkin.
Professor-o‘qituvchi auditoriyada imkon qadar har bir talabaning fikrini eshitishi, fikrini yanada boyroq, ilmiy tarzda bayon etishiga turtki bo‘ladigan munosabatni bildirishi lozim. Aksariyat xollarda talabalar biror fanning dastlabki bosqichlarida faol qatnashishadi, keyingi bosqichlarda esa passiv ishtirok etishadi. Bunda professor-o‘qituvchi tomonidan xukmron fikrni o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. Qachonki, talabaning mustaqil, ijodiy fikri xar dars jarayonida o‘sib borsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Aslida yangi pedagogik texnologiyalarning bosh maqsadi xam talabalarning mustaqil, ijodiy va ilmiy fikrini shakllantirish, rivojlantirish hamda muayyan fanning yuqori daraja o‘zlashtirishiga erishishdir.
YAngi pedagogik texnologiyalar orasida “Pinbord” texnologiyasi ham «Aqliy hujum» texnologiyasi qatorida qo‘llanilib kelinmoqda. YA’ni, bunda faqat bildirilgan fikr va g‘oyalar og‘zaki emas, balki oldindan tayyorlangan, tarqatma materiallar umumlashtirilib, doskaga yoziladi. SHu bois, uni yozma «Aqliy hujum» deb ham atashadi. Qolaversa, bu metodda bildirilgan fikr va g‘oyalar barchani ko‘z oldida turadi, fikr va g‘oyalarni turli xususiyatlariga qarab saralash, sinflarga bo‘lish imkoniyati yaratiladi.
“ФСМУ” ТЕХНОЛОГИЯСИ
FSMU uslubi oxirgi yillarda kichik guruxlarda, ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlagan talabalar guruxida qo‘llanilib kelinayotgan yangi uslublardan hisoblanadi. Talaba bu usulda o‘z fikriga ko‘proq suyanadi, ya’ni mustaqil fikrlash, o‘z ustida ishlash, ijodiy yondoshish tomonlarini ko‘proq ko‘rsatadi. FSMU uslubining qisqartma ko‘rinishi ma’no bo‘yicha quyidagicha taxlil etiladi:
Dostları ilə paylaş: |