Aqliy hujum metodi. Aqliy hujum metodidan ham ma’ruza, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi. "Aqliy hujum" jamoa bo’lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
YAxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan talabalarga beriladigan savollar majmuasi o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo’lishi ishda yaxshi natija beradi. Masalan: “Azotli o’g’itlar va uning o’simliklar hayotidagi ahamiyati” mavzusini tahlil qilishda o’quvchilarga “Azotli o’g’itlarni qo’llash uchun o’simlik tashqi ko’rinishiga ko’ra qanday aniqlanadi va taqsimlanadi?” degan savol o’rtaga tashlanadi.
Aqliy hujum metodi qo’yilgan muammo yechimiga bog’liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin va bu davr ichida o’nlab g’oyalarni olish mumkin. G’oyalar soni asosiy maqsad emas. G’oyalar to’g’ri yechimini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
Bunda talabalarning berayotgan javoblariga na o’qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo’l qo’yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo’yilmaydi. Bu qoida ko’pincha o’qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya’ni talaba bildirgan noto’g’ri fikrga tezda o’z munosabatini bildirib to’g’rilaydi. Bu vaziyat talabalarni fikrlashdan to’xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto’g’ri bo’lsada talabaning o’z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O’qituvchi umumlashtirishdan so’ng bildirilgan fikrlarning to’g’ri yoki noto’g’riligi har bir talabaga ma’lum bo’ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o’qituvchi tomonidan to’g’ri yo’lga solib turiladi va rag’batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi bo’yicha fikrlar shakllanib bo’lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. SHundan keyin talabalar o’zlarining takliflarini o’zlari solishtirib, to’g’ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o’zlarini o’zlari baholaydilar. Ammo o’qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo’l qo’yilmaydi.
YUqorida qo’yilgan masalani yechishda “chigal mantiqiy zanjirlar” texnologiyasini ham qo’llash mumkin. O’qituvchi yuqorida qayd etilgan besh-oltita alohida texnologik jarayonlarni yozib qo’yadi. Bu jarayonlar xronologik ketma-ketlikda bo’lishi mumkin. Har bir jarayon alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. Guruhga ushbu varaqlarni mantiqan to’g’ri tartibini tiklash vazifasi beriladi. Buning uchun ketma–ket o’quvchilar chaqiriladi va har biriga bittadan jarayonni zanjirdagi o’z o’рНiga qo’yish vazifasi beriladi. Jarayonlarni zanjirga terib bo’lishgandan so’ng, almashlab ekishdagi texnologik jarayonlar haqidagi matnni o’qiydi, o’quvchilar esa o’zlarining takliflari to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tekshirib boradilar.
“Nima uchun” chizmasini tuzish qoidalari Aylana yoki tshg’ri to’rt burchak shakllardan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
CHizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g’ri chiziqlimi, to’g’ri chiziqli emasmiligini o’zingiz tanlaysiz.
Y o’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlab holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi.
“NIMA UCHUN” CXEMASI - TUPROQDA NAMLIK MIQDORINING KAMAYISHI
“Baliq skleti” chizmasi Bir qator mvammolarni tasvirlash va uni echish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
CHizmani tuzish qoidalari bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda yuqori “suyagida” kichik mvammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik mvammolar, mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi
Kichik guruhlar birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmalarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.