SAVOLLAR Texnik va donli ekinlarni o’g’itlashni tushuntiring?
Azotli o’g’itlarning ekologik muammolari qanday?
Fosforli o’g’itlarning ekologik muammolari qanday?.
Kaliyli o’g’itlarning ekologik muammolari qanday?.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishini o’simliklarga ta’siri?
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI 1 Laboratoriya ishi: Tuproqni analizga tayyorlash. Tuproq tarkibidagi gigroskopik namlik miqdorini aniqlash Tuproqni analizga tayyorlash.
M a sh g’ u l o t d a n m a q s a d: tuproqning xossalarini o’rganishdan avval, uni analiz qilish uchun tayyorlab olinadi. Tuproqni analizga tayyorlash muhim bo’lib, uni tayyorlash ham o’ziga xos vazifalarni o’z ichiga oladi.
K ye r a k l i a s b o b v a r ye a k t i v l a r: CHinni xovoncha, teshiklari 1 mm va 0,25 mm bo’lgan maxsus elakchalar, tuproqni yoyish uchun brezent yoki faner taxtacha, lineyka.
I sh t a r t i b i. Tuproqning tarkibiy qismini aniqlash va xossalarini o’rganishdan oldin uni analizga tayyorlanadi. Buning uchun olingan tuproq toza qog’oz ustiga yoyib quritiladi, undagi yirik kesakchalar barmoq bilan ezib maydalanadi, so’ngra undan 500 - 1000 gramm tortib olib, gaz va suv bug’lari bo’lmagan joyda (ochiq joyda qoldirish mumkin emas) saqlanadi. SHu tartibda tayyorlangan tuproq namunasi yana ikki – uch kun quritiladi, undagi ildizchalar, har xil qo’shilmalar ajratib olinadi va ularning og’irligi alohida aniqlanadi. Tuproq yaxshi quriganidan keyin chinni hovonchada yog’och yoki rezina qalpoqli chinni dastacha yordamida extiyotlik bilan tuyilib, kesakchalari maydalanadi, bunda tuproqdagi mexanik zarrachalar parchalanib ketmasligi kerak. So’ng undan analiz uchun tuproq olinadi.
Buning uchun tuproq brezent yoki faner ustiga yoyilib, undagi tosh, ildizchalar va boshqalar ajratib olinadi, so’ngra yirik kesakchalar qo’l bilan maydalanadi. Analizga tuproq namunasini olish uchun brezentdagi tuproq yaxshilab aralashtiriladi va qo’l yoki lineyka bilan bir tekis qilib yassilanadi. So’ngra u bir necha katakchalarga ajratiladi. Bu katakchalarning har biridan oz miqdorda tortib olinib, ularning ogirligi 300-600 grammga etkaziladi. Bu tayyorlangan tuproqdan turli analizlar uchun o’rtacha namuna olinib, u maxsus elaklardan o’tkaziladi (masalan, tuproq chirindisi uchun 0,25 mm li, mexanik analiz uchun 1 mm li elakdan o’tkaziladi).
Elangan tuproq namunasi og’zi yaxshi berk shisha bankachada yoki korobkada saqlanadi. Bunday saqlangan tuproqning tarkibi va boshqa xususiyatlari o’zgarmaydi.