Savol va topshiriqlar:
1. Tuproqshunoslik fanini o’rganish qanday ahamiyatga ega?
2. O’zbekistonda qanday tuproqlar tarqalgan?
3. Tuproqdagi gigroskopik namlikni o’zgarib turishiga qanday omilar ta’sir qiladi?
4. Qaysi tuproqlarda gigroskopik namlik yuqori bo’ladi?
2 Laboratoriya ishi: Tuproqning xajm va solishtirma og’irligini aniqlash va ular asosida g’ovokligini xisoblash
M a sh g’ u l o t d a n m a q s a d. Tuproqning umumiy fizik xossalarini laboratoriya sharoitida o’rganish.
Tuproqning xajm og’irligini aniqlash.
Tabiiy holati saqlangan ma’lum hajmdagi tuproq og’irligining shunday hajmdagi suv og’irligiga bo’lgan nisbati tuproqning hajm og’irligi deyiladi.
Tuproqning hajm og’irligi o’rtacha 1,4-1,5 g/sm3 bo’lib, u tuproqning turi, tarkibi, strukturali holati va qovushqoqligiga bog’liq.
O’zbekistonning sug’oriladigan bo’z tuproqlar haydalma qatlamining zichligi qiymatini e.F.Morozovaning ma’lumotlari asosida (1969y) quyidagicha baholash mumkin:
1,0-1,3 g/sm3- eng maqbul (optimal)
1,3-1,4 g/sm3-yaxshi
1,4-1,5 g/sm3- qoniqarli
1,5-1,6 g/sm3- qoniqarsiz
Tuproqning zichligi ko’rsatkichi asosida tuproqdagi fizik shartsharoitlar haqida ancha aniq tasavvur olish mumkin. Hajm massa tuproqning umumiy kovakligini, undagi oziq moddalar va nam miqdorini hisoblab topish uchun zarur. Tuproqning zichligi dala sharoitida, uning tabiiy tuzilishdagi buzilmagan holda maxsus metall silindrlar (N.A.Kachinskiy burg’ichasi singarilar) yordamida aniqlanadi (20-rasm). Silindrlar (kesuvchi halqalar) yog’och bolg’a bilan tuproqqa urib kirgiziladi va shu tarzda tuproq tuzilishini buzmagan holda kerakli hajmda namuna olinadi. Tuproq quritiladi, tarozida tortilib zichligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
m
dv = --------
V
bu yerda: dv-tuproqning zichligi, g/sm3:
m-quruq tuproqning massasi,g:
v-tsilindr (halqa) ning hajmi.
Dostları ilə paylaş: |