Topshiriqlar: 1. Suv eroziyasini rivojlanishi qanaqangi omillarga bog’liqligini aniqlang?
2. Arid mintaqa xududlarida eroziya jarayonlarini xosil bo’lishini xavf-xatarlarini aniqlang?
3. Sug’orish eroziyasi natijasida tuproq yemirilishi gektariga qancha miqdorda oziqa elementlarini yuvib ketishini aniqlang?
SHamol eroziyasi (deflyatsiya) va unga qarshi kurash (2-vaziyat) SHamol natijasida tuproq, qum uchirib ketilishi shamol eroziyasi yoki deflyatsiya deyiladi. SHamol eroziyasi Farg’ona vodiysining Qo’qon guruxi tumanlarida, vodiyning markaziy Farg’ona qismi, Buxoro voxasida (SHofrikon, Romiton, Qorako’l, Vobkent, Buxoro, Qizil tepa, Konimex, G’ishduvon tumanlari), Mirzacho’lning shimoliy-g’arbiy yerlari (Qizilqumga yaqin, AрНasoy tuman xo’jaliklari), Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida, Surxondaryo (Termiz, Angor tuman xo’jaliklari) viloyatlari yerlarida mexanik tarkibi yengil bo’lgan qumli, qumoqli tuproqlarda keng tarqalgan bo’lib, qishloq xo’jaligiga katta zarar keltiradi; aynan shamol eroziyasi tuproq unumdorligiga juda katta, ba’zan tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi, bundan yeрНing deyarli butunlay xaydalma qatlamini shamol uchirib ketadi, sug’oriladigan bo’linmalarda, yo’llarda, axoli yashaydigan yerlarda qum tepalar (barxanlar) hosil bo’ladi. SHamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari ixota daraxtzorlar barpo etish, ixora ekinlar ekish, kimyoviy va agrotexnik usullar qo’lashdan iborat.
Ixota daraxtzorlarni xizmati shundan iboratki, shamolning asosiy kuchi shu daraxtlarga urilib, tezligi kamayadi, 3,5,7 qatorli ixota daraxtzorlari, qatorlari sonidan qat’iy nazar tuproqni va ekinlarni deyarli bir xil masosfada shamol eroziyasidan himoya qiladi. Ixota daraxtzor ta’sirining eng ko’p uzoqligi 12-14 daraxt, daraxt bo’yiga teng bo’lishligi aniqlangan. SHunga asoslanib ular orasidagi masofa 150-200 metrdan oshmasligi kerak. YAxshisi tez o’sadigan daraxtlardan 2-3 qatorli kenglik hosil qilish lozim. Ixota daraxtzoрНing birinchi qatoriga tol, terak, qayrag’och, oxirgi qatoriga tut yoki mevali daraxtlar ekiladi. Daraxtlar o’sguncha ular orasida shamol eroziyaga qarshi agrotexnik (ko’p yillik o’tlar ekish) chora tadbirlarini amalga oshirish zarur.
Xozirgi vaqtda Mirzacho’l, Qarshicho’llari, markaziy Farg’onada yangi o’zlashtirilgan yer bo’linmalari atroflariga, doimiy shamol esadigan yo’nlishlar e’tiborga olinib, ixota darxtzorlar barpo etilmoqda. Ixota ekinlar ixota daraxtzor o’sib voyaga yetgunga qadar madaniy ekin nixolarini chang-to’zonli-shamol eroziyasidan saqlaydi. Ixota ekinzor barpo qilish uchun kuzgi bug’doy, javdar, makkajo’xori va tez o’sadigan boshqa ekinlar ekiladi. Kuzgi bug’doy yoki javdar kuzda (sentyabr oyida) g’o’za qator oralariga ekiladi, ekish bilan bir vaqtda qator oralari 6-8 sm chuqurlikda yumshatiladi.
Kuzda bug’doy bir marta sug’oriladi (ayrim yillari yog’ingarchilik serob bo’lganda, sug’orishga zaruriyat qolmaydi); erta baxorda tuproq sharoitiga qarab azotli o’g’itlardan 75-100 g solib oziqlantiriladi. Qumli va qumloq tuproqli yerlar unumdorligini oshirishda, shamol uchirishini bartaraf etishda kollektor-zovurlarni tozalab chiqarilgan mexanik tarkibi og’ir bo’lgan loyli-balchiqdan har 1 ga yerga 10 t dan solish muhim agromeliorativ tadbir hisoblanib yaxshi samara beradi. Loyli-balchiq tarkibida harxil tuzlar bo’lishi mumkinligini e’tiborga olish zarur va bu to’g’rida tadbir ko’rib qo’yish lozim.
Topshiriqlar: 1.Respublikamizning qaysi regionlarida deflyatsiya jarayonlari rivojlanganligini aniqlang?
2. SHamol eroziyasiga qarshi ixota daraxtzorlarini xizmati nimalardan iborat?