Namuna olish. Organik o’g’itlardan namuna bahorda, yozda, kuzda va qishda yerga solishdan oldin olinadi. Buning uchun turli payitlarda yig’ilgan go’ng to’plamlarining ustki 30-50 sm, li qavati olib tashlanadi. So’ngra panshaxa yordamida 10-15 joydan jami 20 – 30 kg. CHamasida namuna olinadi. Olingan namuna yaxshilab aralashtirilib, poliyetilen plyonka ustiga 10 – 12 sm. Qalinlikda yoyiladi, undan 2 kg. CHamasi umumiy o’rtacha namuna olinadi. Namuna poliyetilen xaltachasiga yoki uch litirli bankaga solinib, ustiga 3 – 5 ml. Toluol tomiziladi va etiketka yozib qo’yiladi. Namuna laboratoriyaga keltirilgandan so’ng yaxshilab aralashtiriladi va undan yana bir kilogramm chamasi o’rtacha namuna ajratib olinadi.
Go’ng sifati odatda uning quyidagi ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi.
1.Namligi. 2.Kul moddalar miqdori. 3.pN – darajasi. 4.Umumiy ammiak va nitrat azotlari miqdori. 5.Umumiy fosfor miqdori. 6.Umumiy kaliy miqdori.
Go’ngning qurib qolishi, uzoq vaqtgacha ochiq havoda saqlanishi natijasida azotning bir qismi yo’qolishi mumkin. SHuning uchun umumiy ammiak va nitrat azotlari hamda РН darajasi yangi, nam go’ngda aniqlanadi. Umumiy fosfor bilan kaliyni esa nam yoki quruq go’ngda ham aniqlash mumkin. Kul moddalari esa faqat quruq go’ngda aniqlanadi.
Namlik, kul moddalari, ammiak va nitrat azotlari ikki marttab, umumiy azot fosfor va kaliyning har bir namunasi esa uch martta aniqlanadi.
N A Z O R A T S A V O L L A R.
1.Go’ngdan namnualar qaysi vaqtlarda qanday qilib olinadi?
2.Go’ng siatini kaysi ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi?
3.Go’ngni sifatini bilish uchun necha marotaba aniqlanadi?
Kirish. Xozirgi kunda qishloq xo’jalik mutaxassislari zimmasidagi eng muhim vazifa-bu tuproq unumdorligini saqlash, uni yil sayin muntazam oshirib borishdan iborat. Sug’oriladigan yerlar va kelgusida o’zlashtiriladigan yerlarning tuproq qatlami meliorativ sharoitlari, sifat tarkibining tavsifi hamda yerlarni iqtisodiy jixatdan baxolash tadqiq qilingan, ularning qishloq-xo’jaligida foydalanish jarayonidagi o’zgarish xususiyatlari yoritiladi. Eroziya jarayonlarining rivojlanish qonuniyatlari, tuproqni eroziyadan muxofaza qilishni o’rganish va olingan natijalardan amalda foydalanish, asosiy tuproq tiplarining unumdorligini oshirish va yer maydonlaridan oqilona foydalangan xolda qishloq xo’jalik ekinlaridan, mo’l hosil olishga imkon yaratadi.Tuproqni eroziyadan saqlash mvammosi dunyoning arid iqlimli mintaqasida joylashgan mamlakatlar uchun shu jumladan O’zbekiston xududi uchun ham dolzarb mvammodir.
CHunonchi, respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari 1772,3 ming gektaрНi yoki xaydaladigan yerlar umumiy maydonining 40 foizini tashkil etadi. SHulardan 721,9 ming gektari irrigatsiya eroziyasiga, salkam 50 ming gektari jarlik erozyasiga 700,4 ming gektari lalmi eroziyasiga va 1,6 millon gektaridan ko’proq shamol eroziyasiga duchor bo’lgan.