Тупроқшунослик асослари


Vaziyatdan chiqibketish harakatlari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə229/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Vaziyatdan
chiqibketish harakatlari

Qanday qilib yuqori va sifatli hosil yetishtirishda azotli o’g’itlardan kam foydalanish orqali atrof muhitga minimal tarqalishiga erishish mumkin?



- O’g’itlardan samarali foydalanmaslik.
- Azot o’g’itini qo’llashda muddatlarga e’tibor bermaslik.
- Tuproq tarkibidagi azotning mavjudligini bilmaslik.

-Ko’plab o’g’itlar tizimida bo’lgani kabi, tez-tez va ekinning ehtiyojlariga mos ravishda oz miqdorda kiritilishi eng maqbul usuldir.
-Azot juda erta, ekin uni qabul qilishga tayyor bo’lmagan vaqtda, ayniqsa yomg’ir mavsumida kiritilsa, azotning ishqorlanishi natijasida uni yo’qotish xavfi kuchli bo’ladi. Bunday vaziyatda yagona chora azot o’g’itlariga nisbatan talab kuchli zarurat tarzida namoyon bo’ladigan joylarga tarqsimlab tarqatishdan iborat.
- Azot tez-tez va hamisha har turli shakllarda o’zgarishga uchrab turadi va tuproqda juda tez harakatchanlik ko’rsatadi. Binobarin, tuproqning tarkibidagi azot miqdorini aniqlash sinovlarining natijalari faqat ushbu sinovlar o’tkazilgan vaqt uchun haqiqiy ekanligi hisobga olinmasa, azot solish borasida noto’g’ri tavsiyalar berilishiga olib kelishi mumkin. Azot o’g’itlari solish bo’yicha tavsiyalarni tuzayotganda tuproqdagi organik moddalardan va avvalgi ekinlarning chiqitlaridan qolgan azot qoldiqlarini ham hisobga olish darkor.

Azot tuproq tomonidan qanday yo’llar bilan yo’qotilishi, yoki, o’simliklar uchun krishimli bo’lmay qolishi mumkin?

- Dehqonchilikda xaddan ortiq sug’orish natijasida.
- Tuproqda namlikning yetirli emasligi.
- Tuproqda namlikning yuqoriligi.

- Ishqorlanish - nitrat (NO3) suv bilan birga pastga yengil harakatlanadi, chunki u tuproqda to’xtalib turolmaydi. natijada u suv bilan birga ildizlar joylashgan hududdan pastga yuvilib ketishi mumkin.
Bug’lanish - azot gazsimon ammiak (NH3) sifatida bug’lanadi. Bu hol tarkibida karbamid bo’lgan o’g’itlar dala maydoniga sochish usuli yordamida qo’llanilganda yuzaga keladi.
Qayta nitratlanish - nitrat azoti (N-NO3) bakteriyalar yordamida gazsimon azot xolatiga qayta shakllanadi va u havoga bug’lanib ketadi. Bu jarayon tuproqning to’yimliligi yoki namligi o’ta katta bo’lgan hollarda yuz beradi




Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin