Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə230/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

4-KEYS:
Mavjud vaziyat
Azot o’simliklar oziqlanishi uchun eng zarur asosiy unsurlardan bo’lib, u ekinlar uchun nisbatan ko’p miqdorda talab etiladi. Azot tarkibini muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib turish hosildorlikni optimallashtirib, azotning atrof muhitga minimal tarqalgani holda ko’proq foyda olish imkonini beradi. Biroq azotni muvofiqlashtirish beqiyos jarayon hisoblanadi va murakkab vazifaga aylanishi mumkin.

Savol: “Azot tarkibini muvofiqlashtirish muammosi”


Qanday qilib Azot tarkibini muvofiqlashtirish muammosini hal elish mumkin?
O’qituvchining javobi:
Vaqtning hisobini olish – azot bilan to’yintirish dasturida bosh muammolardan biri uni qo’llashning muddatlarini beliglab olishdan iborat. Ko’plab o’g’itlar tizimida bo’lgani kabi, tez-tez va ekinning ehtiyojlariga mos ravishda oz miqdorda kiritilishi eng maqbul usuldir.
Boshoqdoshlar va yormalar kabi kamunum ekinlarda, faqat bir necha karra o’g’itlash qo’llangani sababli, azotni kritish muddatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Azot juda erta, ekin uni qabul qilishga tayyor bo’lmagan vaqtda, ayniqsa yomg’ir mavsumida kiritilsa, azotning ishqorlanishi natijasida uni yo’qotish xavfi kuchli bo’ladi. Bunday vaziyatda yagona chora azot o’g’itlariga nisbatan talab kuchli zarurat tarzida namoyon bo’ladigan joylarga tarqsimlab tarqatishdan iborat.
Biroq azot o’g’itlarini, logistik yoki ob-havo sharoiti azot o’g’itlarini rejalashtirilgan muddatlarda solishga imkon bermagan taqdirda, uni juda kechikib solish xatari ham mavjud.
Azotni solish me’yorlarini belgilash - Azot tez-tez va hamisha har turli shakllarda o’zgarishga uchrab turadi va tuproqda juda tez harakatchanlik ko’rsatadi. Binobarin, tuproqning tarkibidagi azot miqdorini aniqlash sinovlarining natijalari faqat ushbu sinovlar o’tkazilgan vaqt uchun haqiqiy ekanligi hisobga olinmasa, azot solish borasida noto’g’ri tavsiyalar berilishiga olib kelishi mumkin.
SHunday qilib, yagona yondashuv shuki, azotni solish uchun tavsiyalarni hosilning maqsadli hajmidan va ekinning azotni yutish salohiyatidan kelib chiqqan holda berish zarur.
Azot o’g’itlari solish bo’yicha tavsiyalarni tuzayotganda tuproqdagi organik moddalardan va avvalgi ekinlarning chiqitlaridan qolgan azot qoldiqlarini ham hisobga olish darkor.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin