Superfosfat tarkibidagi suvda eruvchan fosfatni magniyli
aralashma ishtirokida cho’ktirish usuli bilan aniklash.
Maqsad:Fosfor mineral o’g’itlar tarkibidagi sof xoldagi fosfor
Miqdorini aniqlashni o’rganadi.
Superfosfat eritmasiga xlorid kislota ta’sir ettirib, fosfat kislotasi xosil kilinadi.
Сa(H2PO4)2 + 2HСl = СaСl2 + 2H3PO4
Sungra magniyli aralashma ishtirokida H3PO4 cho’ktiriladi.
H3PO4 + (MgСl2 + NH4Сl) = MgNH4PO4 + HСl
CHo’kma filtirlanadi, quritiladi va kuydiriladi. Bunda ammiak va suv ajralib chiqadi.
2MgNH4PO4 Mg2P2O7 +2NH3 + H2O
Qolgan pirofosfat og’irligiga kura fosfor mikdori aniklanadi.
Ishning borishi. Texnik tarozida 2,5 g superfosfatni tortib olib xovonchaga solinadi, ustiga 25 ml. distilllangan suv kuyib, o’g’itni maydalab suvda eritiladi, o’g’it qoldigiga yana bir necha bor suv kuyib eritiladi va filtirga kuyiladi. Filtrda qolgan qoldikka yana bir necha bor suv kuyib yuviladi.YUvish kolbadagi suyuklikning xajmi taxminan 200 ml. ga yetganda tuxtatiladi. Filtiratga 5-6 ml. 20 foizli NS1 kuyiladi va qolgan kismiga suv kuyib suyuklikning umumiy xajmi 250 ml. ga yetkaziladi.Budan keyingi ishlar xavosi surib turiladigan murili shikaf ostida bajariladi.
FosfoрНi cho’ktirish.
Kolbadagi eritmadan 50 ml. olib 200 ml. li staqanchaga quyiladi, uning ustiga 30 ml. 20 foizli xlorid kislotasidan quyib, 20 daqiqa qaynatiladi. Sovutilgandan so’ng 8-10 ml, 50 foizli ammoniyli limon tuzining eritmasidan aralashtirib turgan holda astag’sekin quyiladi. eritmaga 3 -4 tomchi fenolftaleyn tomizilgandan so’ng, binafsha rangga kirguncha ammiak eritmasi bilan titrlanadi. So’nga 25 -30 ml. Magniy aralashmasi va 10 ml. 25 foizli ammiak aralashmasidan oz – ozdan aralashtirib turgan holda quyiladi. Suyuqlik shisha tayoqcha yordamida 30 minut davomida aralashtiriladi va kulsiz filtr yordamida filtrlanadi. Filtrdagi cho’kma taxminan 10 ml. 2,5 foizli ammiak bilan yuviladi.Varonkani filtr bilan birgalikda olib termostatda quritiladi. Quritilgandan so’ng filtr, og’irligi ma’lum bo’lgan tigelga joylashtiriladi.Tigeldagi filtr mufel pechida turg’un og’irlikka kelguncha kuydiriladi.
Natija quyidagicha xisoblanadi:
R2O5 % = (a – v) . 0,6379 . 100
N
a - tigelning pirofosfat magniy cho’kmasi bilan birga og’irligi
v - bo’sh tigelning og’irligi
(a-v) – pirofosfat magniyning sof og’irligi, g. Hisobida.
0,6379 – hisobidan koyeffitsent
100- foizga aylantirish ifodasi
N – cho’ktirish uchun olingan eritmadagi o’g’it miqdori.
Dostları ilə paylaş: |