Ishning borishi:Texnik tarozida 2,5 g. sinalayotgan o’g’itdan tortib olib, 250 ml-li ulchov kolbasiga solinadi. O’g’itni asta- sekinlik bilan distillangan suvda eritib, idishni suv bilan chizigigacha yetkaziladi. Agar eritma loykalangan bo’lsa, 40 ml.chamasida olib filtrlanadi.
SHudan sung 2 dona 100 ml.li konussimon kolba olib, biriga 25 ml. filtrlangan eritmadan kuyiladi va ustiga 2-3 tomchi metil kizili indiqatoridan tomiziladi. Agar eritma binafsha rangga kirsa, u xolda 0,1 n ishkor eritmasi bilan, binafsha ranggi yukolguncha titrlanadi. Ikkinchi kolbaga 20 ml. 25 foizli formalin eritmasidan kuyiladi. Bunga xam 2-3 tomchi metil kizili indiqatoridan tomiziladi.Formalin tarkibida biroz chumoli kislotasi mavjud bulganligi sababli u xam indiqator ta’siridan binafsha rangga kiradi. SHuning uchun xam bu 0,1 n. ishkor eritmasi bilan binafsha ranggi yukolguncha titirlanadi. SHundan sung ikkala kolbadagi eritma aralashtiriladi,shu on aralashma yana binafsha rangga kiradi, chunki yuqorida kayd kilinganidek, kislota xosil bo’ladi va bu kislota indiqator ishtirokida rangini uzgartiradi.Xosil bulgan aralashmaga ikkinchi indiqator fenolftalein eritmasidan 0,5 n. NaOHbilan titirlanadi va titirlash uchun sarflangan ishkor mikdori aniklanadi. Bunda eritma avval metil kizili indiqatori ta’siridan binafsha rangda bo’lsa, ishkor ta’siridan och sarik rangga o’tadi, keyin esa fenolftalein ta’siridan yana binafsha rangga kiradi.
Natija kuyidagicha xisoblanadi:
(%) = a . T . 0,007 . 100 N
a-titrlash uchun sarflangan 0,5 n. ishkorining mikdori, ml,xisobida,
T-titrga kiritilgan tuzatish,
0,007 – 1 ml. 0,5 n. ishkor eritmasiga tugri keadigan azot mikdori, gr. xisobida.
100 – foizga aylantirish ifodasi,
N – analiz uchun olingan o’g’it mikdori,(0,25 g.)
K e r a k l i r e a k t i v l a r. Kontsentrlangan sulfat kislotasi.
Metil kizili indiqatori.
8 foizli NaOH eritmasi.
25 foizli farmalin eritmasi.
Fenolftalein.
0,5 n NaOH eritmasi.
0,1 n H2SO4 eritmasi.
N A Z O R A T S A V O L L A R I.
1.O’g’it tarkibidagi azot miqdorini farmalin usulida aniqlashni moxiyatini
Tushuntirib bering.
2.Azot miqdorini farmalin usulida aniqlashni izoxlab bering.
3.O’g’it tarkibidagi azot miqdori qanday xisoblanadi.