Тупроқшунослик асослари


Tuproqning suv o’tkazuvchanligi va suv ko’taruvchanligi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə53/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

7.2.Tuproqning suv o’tkazuvchanligi va suv ko’taruvchanligi
Tuproqning suvni qabul qilib olishi va o’zi orqali yuqoridan pastga qarab o’tkazish qobiliyatiga suv o’tkazuvchanlik xossasi deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib o’tish) dan iborat bo’lib, dastlab suv shimilib tuproq tuyinadi, sungra suv tuproq qatlamining pastki qismiga ma’lum tezlikda sizib o’tadi. Tuproqning suv bilan tuliq tuyingan holati sharoitida og’irlik kuchi va bosim gradiyenti ta’sirida, suvning pastga qarab harakatlanishiga filtratsiya deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning ma’lum maydoni yuzasidan mvayyan vaqtda singib o’tadigan suv hajmi bilan ulchanadi va odatda mm/soat bilan ifodalanadi. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning umumiy G’ovakligi va uning ulchamiga bog’liq. Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik G’ovakliklar ko’p bo’lganidan, suv o’tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik tarkibli va kesakli changli strukturali tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik past. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish mumkin. SHunga kura temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5 sm bo’lgan sharoitda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi: agar ko’zatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi bo’zuvchi, 1000 dan 500 mm gacha - Goyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm - eng yaxshi, 100-70- yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati - kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning suvni pastdan yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir. Tuproqdagi G’ovakliklarning ulchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Lekin bu ulcham 0,1-0,003 mm bo’lganda, kapillyar kuchlar yaxshi ifodalanadi. Undan kichik yullarda sekin harakatlanuvchi, birikkan suv bo’ladi. SHuning uchun qumli tuproqlardan qumoq mexanik tarkibli tuproqlarga tomon suvning ko’tarilish tezligi oshib boradi va soz tuproqlarda pasayadi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoq tuproqlarda 2,5-3,0 m og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. Kapillyarlik va tuproqning suv ko’taruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan o’simliklarni qushimcha ravishda suv bilan ta’minlanishi qatorida tuproqda havo yetishmaganligidan moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining shurlanish jarayonlari yuzaga keladi. Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog’liq bo’lgan harakatchan kapillyar-tiralgan suv, balki kapillyar-mvallaq nam ham ko’tarilish xususiyatiga ega. Kapillyar yullari ko’p bo’lgan strukturasiz tuproqlar harakatchan ko’tariluvchan suvni ko’p bug’lantiradi. Strukturali tuproqlarda esa, yirik agregatlar orasidagi G’ovakliklar bir-biridan ajralib turganidan, kapillyar suv kamroq harakatlanadi. SHuning uchun suv kam bug’lanib, tuproqda nam yaxshi saqlanadi.
Aytilgandek, tuproqdagi mavjud barcha namlik xam o’simlikka o’tadigan holatda bulmaydi. Namning bir qismi o’simlik o’zlashtira olmaydigan-foydasiz holda boshqa qismi esa turli darajada o’simlikka o’tadigan holatda bo’ladi.
O’simliklarning hayot-faoliyati jarayoni davomida o’zlashtiradigan namlik o’simlik uchun foydali hisoblanadi. O’simlikka o’tadigan suvga samarali namlik deyiladi. CHunki bu suv, hosilning shakllanishi uchun sarflanadi. A.A.Rode o’simliklar uchun qulay bo’lgan (o’zlashtiruvchanligiga kura) tuproqdagi suvning quyidagi kategoriyalarini ajratib kursatadi: o’zlashtirmaydigan zahira, o’zlashtirish juda qiyin, qiyin, urtacha, o’zlashtirish oson bo’lgan suvlar.
Oson o’zlashtiriladigan suvlarga kapillyar va gravitatsion suvlar kiradi. Gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog’langan suvlarni o’simlik mutlaqo o’zlashtira olmaydi va ular tuproqdagi suvning foydasiz (o’lik) zahirasini tashkil etadi. Odatda ildiz tukchalarining surish kuchiga nisbatan, tuproqdagi namni ushlab turish uchun sarflanadigan kuch ko’proq bulsa, bu namlik o’simlikka o’tmaydi va o’simlik suliy boshlaydi. Ko’pchilik ekinlar ildizlarining suvni surib olish koeffitsiyenti 15 atmosferadan yuqori emas. Tuproqning o’simliklar barqaror suliy boshlaydigan namlik darajasiga so’lish namligi yoki so’lish koeffitsiyenti deb ataladi va quruq tuproq og’irligiga nisbatan protsent bilan ifodalanadi. Uning miqdori tuproq mexanik tarkibiga kura o’zgarib turadi. Kumli tuproqlarda sulish namligi 1-3 foiz, qumloq va yengil qumoq tuproqlarda 3-5, urtacha hamda og’ir qumoq tuproqlarda 6-12, soz tuproqlarda 12-18 dan 32 foizni tashkil etadi.


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin