Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə61/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

8.5.Tuproqning issiqlik xossalari va issiqlik rejimi
Tuproq harorati o’simliklar usib rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimi, bu yerda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlarga ham bevosita ta’sir etadi. Tuproqda ma’lum harorat bo’lgandagina o’simliklar yaxshi rivojlanib, mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. Tuproq yuzasiga tushadigan quyosh radiatsiyasining bir qismi, tuproqni qizdirish uchun sarflanib, boshqa qismi yana nurlanib atmosferaga qaytadi. Turli tuproqlar har xil darajada isib, sovish xususiyatiga ya’ni issiqlik rejimiga ega. Tuproqning issiqlik holati uning genetik qatlamlaridagi haroratning kursatkichlari bilan xarakterlanadi.
Harorat tuproqda kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va biologik jarayonlarning borishi hamda intensivligining muhim omili hisoblanadi. Tuproqdagi turli birikmalarning erishi va chukmaga tushishi, shuningdek mikroorganizmlar va tuproq faunasining hayot faoliyati tuproqdagi issiqlikka bog’liq. Qishloq xujalik ekinlari uruGining unib chiqishi, ildizlarining rivojlanishi, ulardagi alohida stadiyalarning o’tishi, fotosintez jadalligi singarilarga bevosita bog’liq bo’lgan o’simlik hosildorligi tuproqning issiqlik sharoitlariga bog’liq. Tuproqda issiqlik yetarli bulmaganda, o’simliklar hosili pasayib, hatto ekinlar nobud bo’ladi. Turli tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.CHudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.SHulgin, A.N.Dimo, O’zbekistonda I.Turapov, SH.Xoliqulov va boshqalar tomonidan ancha batafsil urganilgan.
Tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai - quyosh nuri energiyasi (quyosh radiatsiyasi) hisoblanadi. SHuningdek tuproqdagi issiqlikning uncha ko’p bulmagan qismi, yeрНing ichki energiyasi va litosferaning yuqori qismlarida kechadigan kimyoviy, biologik va radioaktiv jarayonlar natijasida yuzaga keladigan issiqlik xisobiga tuplanadi. Organik moddalar (gung, o’simlik qoldiqlari, har xil chirindi kabilar) ning chirishi natijasida hosil bo’ladigan issiqlik yopiq grunt (paрНik xujaligi) sharoitida sabzavotchilikda keng ishlatiladi.
Quyosh nurlari tuproq yuzasiga singdirilib, issiqlik energiyasiga o’tadi va tuproqning pastki qatlamlariga berib o’tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi harorati pastroq bulsa, tuproqdagi tuplangan issiqlik atmosferaga qarab o’tadi. yer yuzasiga tushayotgan va qaytayotgan quyosh nurlarining energiyasiga kura tuproq isib-soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va undan qaytadigan issiqlik miqdori tuproqning rangi, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o’simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog’liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdori joyning geografik joylashuviga va relef sharoitlariga, shuningdek, yil, kecha-kundo’z davomida o’zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulo’tli bo’lishi) singarilarga bog’liq. SHimoliy yarim sharda quyosh radiatsiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga kelgan sayin oshib boradi. yer yuzasining mu’tadil kenglik zonasida quyosh radiatsiyasi kunning urtalarida, yer tekis yuzasida mino’tiga 0,8-1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi.
2. Tuproqning issiqlik xossalariga: tuproqning issiqlik singdirishi, issiqlik sig’imi va issiqlik o’tkazuvchanligi kabilar kiradi.
Tuproqning issiqlik singdirishi - tuproqning quyosh energiyasini qabul qilib, singdirish xossasidir. Tuproqning bu xossasi odatda Albedo (A) kursatkichi bilan xarakterlanadi. Tuproq yuzasiga tushayotgan barcha quyosh nuri energiyasiga nisbatan qaytarilayotgan energiyaning protsent miqdori Albedo (A) deyiladi. Albedo qanchalik kam bulsa, tuproq quyosh energiyasini shuncha ko’p singdiradi. Albedo tuproqning rangiga, namligiga, struktura holatiga, tuproq yuzasining tekisligiga va o’simlik qoplamiga bog’liq (33-jadval). Tuq tusli, gumusga boy tuproqlar och tusliga nisbatan va nam tuproq quruq tuproqqa qaraganda quyosh energiyasini ko’proq singdiradi va Albedo kursatkich past bo’ladi.
11-jadval

Tuproqning issiqlik sig’imi - tuproqning issiqlikni singdirib turish qobiliyati bo’lib, 1 gramm yoki 1sm3 hajmdagi tuproqning 10S ga qizdirish uchun ketgan va kaloriya bilan ulchanadigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi.. SHuning uchun tuproqning og’irlik (yoki solishtirma) issiqlik sig’imi va hajmiy issiqlik sig’imi farqlanadi. Issiqlik sig’imi tuproqning minerologik va mexanik tarkibiga, organik moddalar miqdoriga, uning G’ovakligi va tuproqdagi havo miqdoriga bog’liq (34-jadval). Suvning issiqlik sig’imi tuproqdagi mineral va organik moddalardagiga qaraganda ancha yuqori bo’lganidan, nam tuproqlarning haroratini oshirish uchun quruq tuproqqa nisbatan ko’proq issiqlik zarur bo’ladi. Nam tuproqlar sekinroq qizib va sekin soviydi, quruq tuproq tezroq qizib, tez soviydi. Soz tuproqlar nam holatida qumli tuproqlarga qaraganda ancha yuqori issiqlik sig’imiga ega bo’lganidan, sekinroq soviydi. SHuning uchun serchirindi va og’ir mexanik tarkibli tuproqlar "sovuq tuproq", oz chirindili, yengil (qumli, qumoq) tuproqlar "iliq" tuproqlar jumlasiga kiradi.
2-jadval
Tuproqqa ishlov berish, yeрНi Sug’orish yuli bilan tuproq G’ovakligini va namligini o’zgartirish hamda ma’lum darajada tuproqning haroratini boshqarish mumkin.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin