30-rasm. Javdar hosiliga barcha faktorlarning ta’siri.
3.Tuproq unumdorligini muntazam oshirib borish va uning imkoniyatlaridan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini yanada oshirish maqsadida samarali foydalanish,
hozirgi tuproqshunoslikning aktval mvammolaridan biridir. Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadi, uning suv-havo va oziq rejimlarini tartibga solishga qaratilgan. Ishlov berishning maqbul turlaridan foydalanishga tuproqning gumusli qatlami qalinligi, tuproq haydalma osti gorizontlarining xususiyatlari, mexanik tarkibi, har xil to’z saqlaydigan qatlamning joylashuv chuqurligi va boshqa xususiyatlarga e’tibor beriladi.
Turli o’g’itlardan foydalanish hamda kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash) kabi tadbirlarni qo’llanishda tuproq xossalarini e’tiborga olish yanada ko’proq ahamiyatga ega. Tuproqdagi o’simlikka o’tuvchi, harakatchan shakldagi oziq moddalar miqdoriga ko’ra mineral o’g’itlar dozasi aniqlanadi. Organik o’g’itlardan foydalanilayotganda ham tuproqning (gumus miqdori, gumusli holati kabi) xossalari e’tiborga olinadi. Tuproq xossalari yeрНi Sug’orish yoki zahini qochirish melioratsiyasi turlaridan foydalanish zarurligini ko’rsatib beradi. Jumladan tuproqning to’z rejimi va suv fizik xossalarini e’tiborga olmasdan Sug’orish yerlarning qayta sho’rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab bo’ladi.
Ekinlarni joylashtirayotganda tuproqning sho’rlanish, sho’rtoblanish hamda eroziyalanish darajasi, joyning relef sharoitlari katta ahamiyatga ega, chunki bu omillar tuproq unumdorligining ko’plab shart-sharoitlarini belgilaydi.
Tajribalardan ma’lumki, mineral o’g’itlardan foydalanish ekinlar hosildorligini keskin oshiradi, ammo uning samarasi odatda unumdorligi pastrok joylarda yuqoriroq bo’ladi (40-jadval).
Urta Osiyo tuproqlari unumdorligini o’rganishga doir vegetativ tajribalar shuni ko’rsatadiki, gumusga boy tipik bo’z tuproqlar hamda o’tloq va botqoq-o’tloq tuproqlar ancha yuqori unumdorlikka ega bo’lib, och tusli bo’z tuproqlar kamroq va taqirlar past unumdorlikka ega. Masalan, azotli o’g’itlar barcha tuproqlarda ekinlarning hosilini oshirsa-da, ammo kam gumusli och tusli bo’z tuproq va taqir tuproqlarda uning samarasi yuqoriroq bo’lgan. Fosfor taqirlarda, azot va fosfor aralashmasi esa barcha tuproqlarda hosilni oshirish imkonini beradi. Bunda, yana o’sha kam gumusli tuproqlarda mineral o’g’itlar samarasi yaxshi ifodalanadi. Tuproqlarning turli genetik qatlamlari ham bir xil unumdorlikka ega emas.
19-jadval
Turli tuproq tiplarining unumdorligi.
Organik dehqonchilikda tuproqning yuqori qatlami asosiy maxsulot beruvchi qatlam bo’lib, uni saqlash, qadrlash va muhofaza qilish fermerlar davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirishlari shart. yerlarning ekologik holati, ya’ni zaxarlanmagan, ifloslanmagan ekologik toza maxsulot yaratish va iste’mol qilish, muhofaza qilish ijtimoiy xarakati tomonidan muttadil olib boriladi. YUqori kommunikatsion zamonaviy rivojlangan xozirgi kunda barqaror tuproq unumdorligini saqlash, oshirish, reproduktsiya jarayonini mustahkamlash, ma’lum darajada ko’paytirish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.12