Тупроқшунослик асослари


Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish va



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə67/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

9. 4. Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish va
tuproqlarni madaniylashtirish.
T u p r o q u n u m d o r l i g i n i q a y t a t a k r o r i y ya r a t i sh - tuproqning samarali unumdorligini potentsail unumdorlikka yaqin darajada saqlash maqsadida, tuproqqa ta’sir etadigan meliorativ va agrotexnika tadbirlari sistemasi yoki tabiiy tuproq jarayonlari yig’indisidan iborat.
Unumdorlik, tuproq paydo qiluvchi jarayon kabi, unumdorlik omillari va shart-sharoitlarining miqdor va sifat o’zgarishiga sabab bo’ladigan, moddalarning o’zgarishi, tuplanishi va o’tkazishi kabi jarayonlari bilan chambarchas bog’liq. Bu o’zgarishlar unumdorlikning rivojlanishi uchun ijobiy yunalishda bo’lishi va bu holda uning yaxshilanishiga olib kelishi (oziqa moddalarning tuplanishi, ularning o’simliklar uchun yanada qulay o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi, strukturaning yaxshilanishi va h.k.), yoki unumdorlikning pasayishiga olib keladigan salbiy yunalishda (oziqa elementlarning yuvilib ketilishi, ularning qiyin o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi, strukturaning bo’zilish va h.k) bo’lishi mumkin. Tuproq xossalarining o’zgarishi ma’lum bir davrda unumdorlikni boshlanGich darajasiga olib kelishi xam mumkin.
SHunday qilib ma’lum davr ichida (usuv davri, yillik yoki almashlab ekish davri va h.z) unumdorlikning o’zgarishi uning tuliqsiz, oddiy va kengaytirilgan holatda qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin. Tuproq unumdorligining boshlang’ich davridagidan past darajada shakllanishi tuproq unumdorligining tuliqsiz qayta tiklanishini bildiradi. Tuproq unumdorligining boshlanGich darajasiga qaytishi unumdorlikning oddiy qayta tiklanishini anglatadi. Tuproq, unumdorligining boshlanGich darajasidan yuqori holatda yaratilishi unumdorlikning kengaytirilgan tarzda qayta tiklanganligini bildiradi.
Tuproq unumdorligining qayta tiklanishi tuproq hosil bo’lish jarayonining ob’ektiv qonunidir, va uning namoyon bo’lishining barcha shakllariga xosdir.
Tabiiy tuproq paydo bo’lish jarayonining rivojlanishi unumdorlikning tuliq bulmagan, oddiy yoki kengaytirilgan tipdagi qayta tiklanishi mvayyan tuproq paydo bo’lish jarayonlari yoki ularning birgalikdagi rivojlanishi bilan aniqlanadi. Tuproqning dehqonchilikda foydalanishi sharoitida uning unumdorligining qayta tiklanishi tabiiy omillar ta’siri va insonning turli usullar bilan tuproqga ta’sir etishida sodir bo’ladi.
Madaniy tuproq paydo bo’lish jarayoni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida rivojlanadi. Insonlar yerdan o’zoq vaqtlar foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy jarayonlar, jumladan, tuproqning qator xossalari va rejimlari o’zgarib, yangi madaniy tuproqlar paydo bo’ladi. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining o’zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi.
Tuproqlarni madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekinlardan barqaror va mo’ttasil yuqori hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi.
B i o l o g i k u s u l tuproqda chirindi va azotning ko’proq tuplanishiga imkon beradigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. SHu maqsadda ko’p yillik o’tlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va mahalliy-organik o’g’itlardan foydalaniladi.
K i m yo v i y u s u l yerga mineral o’g’itlar solish yuli bilan tuproqda o’simliklar uchun zarur va tez o’tadigan oziq elementlari miqdorini ko’paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
F i z i k a v i y u s u l l a r g a fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlar qullanish ya’ni yeрНi ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Quriq yerlar ishlab chiqarish oborotiga kiritilib, madaniylashtirilgandan keyin, u tabiiy unumdorlik bilan bir qatorda sun’iy unumdorlikka ega bula boshlaydi. Lekin tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin, sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doim tabiiy unumdorlikka ham ega bo’ladi. Demak, bu har ikkala unumdorlik turlari bir-biri bilan bog’liq. yerlar qanchalik o’zoq muddatda foydalanilib, uning madaniy holati yaxshilanib, yuqori agrotexnika tadbirlari sistemasi qullanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Madaniy o’simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda, bular haqiqiy, samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari potentsial samarali unumdorlik ham ajratiladi. Bu unumdorlik tabiiyga nisbatan ancha yuqori bo’lib, insonlarning yerga sarflaydigan mehnati va moddiy mablaG sarfiga bog’liq.
Tuproq unumdorligining kengaytirilgan qayta, takror yaratilishi jarayonlari yuqori dehqonchilik madaniyati sharoitida, samarali va potentsial samarali unumdorligining muntazam ravishda oshib borishiga bog’liq. Intensiv dehqonchilik sharoitida tuproq unumdorligining takror yaratilishi asosan ikki yul bilan, tuproqning moddiy tarkibini yaxshilash va texnologik usullardan samarali foydalanish orqali amalga oshiriladi. Birinchi usulga o’g’itlar va turli meliorantlardan, pestitsidlardan foydalanish hamda texnologik jihatdan qulay ekinlarni almashlab ekish, ikkinchisiga - yerga mexanik ishlov berish yuli bilan tuproq ning fizik holatini yaxshilash singarilar kiradi. Konkret sharoitlarda bu usullardan to’g’ri va maqbul holda foydalanish zonal dehqonchilik sistemasining mazmunini belgilaydi.
YUqorida aytilgandek, tuproq unumdorligining elementlari (omillari) bo’lib, uning barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari hisoblanadi. SHuni e’tiborga olish muhimki, tuproqning u yoki bu xossalari, ularning sifat va miqdor jihatdan namoyon bo’lishiga kura tuproqning potentsial yoki effektiv (samarali) unumdorligi darajasiga ham ijobiy, va ham salbiy (limitlovchi) ta’sir etishi mumkin.
Agronomiya va agrokimyoda "Minimum qonuni" azaldan ma’lum, ushbu qonunga asosan o’simliklarning hosildorligi ayni paytda qaysi omil minimumda turgan bulsa, ana shu omil bilan belgilanadi: azot va fosfoрНing miqdori yetarli bo’lgan sharoitda, masalan tuproqda, kaliy yoki aytaylik, kaltsiy yoki temir yetishmaydi, barcha oziqa elementlari bilan tuliq ta’minlangan sharoitda suv yetishmasligi mumkin, yoki oziqa va suv optimal (maqbul) darajada bo’lganda issiqlik yetishmasligi mumkin va h.k.
Minimum qonun ta’sirini Timiryazevning ko’rgazma "Dobenek bochkasi" dan yaqqol kurish mumkin. CHunonchi, bochkaning har bir taxtachasi o’simlikning har xil xayot faktorlarini ifodalaydi. Taxtachalarning balandligi o’simliklar hayotiy faktorlari miqdorini protsent hisobida ifodalaydi. Punktir chiziq esa biron-bir o’simlik turi yoki navining hayot faktorlariga bo’lgan talabi to’la - 100 % qondirilganda olinishi mumkin bo’lgan maksimal miqdordagi hosilni ko’rsatadi. YAxlit chiziq esa suv sathi ya’ni o’simlik 34-rasmdagidek ta’minlanganda olinadigan haqiqiy hosil miqdori, binobarin, eng past taxtacha balandligiga teng (29-rasm).


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin