Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə63/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Nazorat savollari

  1. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosining xususiyatlari qanday?

  2. Tuproqdagi jarayonlar va o’simliklar hayotida kislorod (O2) va karbonat angidrid (СО2) ning ahamiyati qanday?

  3. Tuproqning nafas olishi deb nimaga aytiladi?

  4. Tuproqdagi issiqlik manbalarini ayting va ta’riflang?

  5. Tuproq issiqlik xossasining shakllanishiga ta’sir etadigan ayrim omillarni kursating?

  6. Issiqlik rejimining agronomik ahamiyati qanday?

  7. Nam va quruq tuproqlarning qaysi birida issiqlik singdirish sig’imi yuqori bo’ladi?

  8. Gaz almashinuvi deb nimaga aytiladi va u qanday faktorlarga bog’liq?

  9. Tuproqning havo xossalarini ta’riflang? Tuproq aeratsiyasining maqbul sharoiti nimalardan iborat?

  10. Havo rejimi nima, uning kursatgichlari qanday?

  11. Tuproq havo rejimini yaxshilash tadbirlari qaysilar?



9-MAVZU; TUPROQNING GENEZISI, KLASSIFIKATSIYASI, TUPROQ GEOGRAFIYASI. TUPROQ UNUMDORLIGI.
Reja:
1. Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va geografiyasi.
2. Tuproq unumdorligi haqida tushuncha.
3. Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari. Tuproq unumdorligining kategoriyalari.
4. Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish va tuproqlarni madaniylashtirish.



9.1. Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va geografiyasi.
Tuproq geografik tarqalishi. yer yuzasida tuproqlarning geografik
tarqalishi tabiiy sharoitlarning hududlar bo’yicha tarqalishiga bog’liq.
«Modomiki barcha muhim tuproq paydo qiluvchilar - deb yozadi V.V.Dokuchaev – yer yuzasida kengliklarga uncha -muncha parallel ravishda cho’zilgan, poyas yoki zona shaklida taqsimlanar ekan, unda tuproqlar ham iqlim, o’simliklar qoplami va boshqalarga qat’iy bog’liq holda, yer yuzasida zonalar bo’yicha joylashishi muqarrar V.V.Dokuchaev tomonidan ta’riflangan ushbu kenglik - zonallik konsepsiya, keyinchalik K.O. Glinka, L.I. Prosalov, I.R. Gerasimov, U.A. Kovda, N.N. Rozovlar tomonidan rivojlantirildi. yeрНing tuproq qoplamida kenglik tuproq – iqlim poyaslar eng katta birlik sifatida ajratiladi.
Tuproqlar sistematikasi haqida tushuncha. Tuproqshunoslikda,boshqa fanlardagi kabi, sistematika tadqiqotlami tashkillashtirishning boshlang’ich qismi hisoblanadi, qaysiki uning yordamida tekshirish ob’ekti
tuproqni ilmiy o’rganish amalga oshiriladi.Tuproqlar sistematikasi - bu yer yuzida mavjud bo’lgan barcha tuproqlarning turli-tumal1ligi haqidagi
ulaming diagnostik belgilariga a,soslangan har xil guruhlari (taksonomlari)ning orasidagi o’zaro aloqasi va bog’liqligini ko’rsatib beradigan, hamda o’ziga xos xususiyatlarini taqqoslash yo’li bilan tuproqlarning har Bir turi va yuqori rang (daraja) dagi har qaysi taksonomiya u yoki bu taksonomiyalarning umumiy xususiyatlarini aniqlash haqidagi ta’limotdir. Tuproqlar sistematikasining asosiy maqsadi Uyeg yuzida, shu jumladan, alohida mamlakatlar, davlatlarda tarqalgan tuproqlarining to’liq tizimi (klassifikatsiyasi) ni yaratishdir.
Tuproqlar sistematikasi tarixiy-taqqoslash va geografik-taqqoslash
uslublariga, tuproq qatlamining evolyutsion rivojlanishi tamoyillariga tayanadi, unda tuproqshunoslikning barcha bo’limlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Planetamiz tuproq qoplami umumiy tizimida u yoki bu tuproqning tarkibini aniqlash bilan birga, tuproq sistematikasi, yer yuzasida tarqalgan tuproqlar juda katta turli-tumanligini anglashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Tuproq sistematikasi haqidagi ta’limotga V.V.Dokuchaev, N.M.Sibirsev, K.D.Glipka, L.Prasolov, ye.N.Livanova, A.N.Rozov, V.M.Fridland, I.P.Gerasimov, M.A.Orlov, M.A.Pankov, I.L.Muxanova, S.P.Suchkov, B.Xalnepesov, V.Abdulxanov, S.A. SHuvalov, A.M.Rasulov,
M.Mahmudov, V.G.Popov, K.Nasapov, A.Mahmudov, A.A. Tursunov, M.U.Karimova, R.Quziyev va boshqalar katta hissa qo’shgan.
Sistematika uchta vazifani bajagadi: ulardan biri - yer yuzasida tarqalgan tuproqlar orasidagi sifat va miqdor jihatidan farqlarni aniqlab beradi. Ushbu tuproqlar haqida imkoni boricha to’liq ma’lumotlarni yig’adi va mavjud ma’lumotlar asosida tuproqlarning mantiqiy ketma - ketligi bo’yicha ro’yxatini shakllantiradi, qaysiki, ularga asosan tuproqlar nomenklaturasi ro’yxati va klassifikatsiyasi tuziladi. Demak tuproqlar sistematikasi - tuproqlarning kengaytirilgan aniqlovchisi bo’lib, fanda ma’lum bo’lgan har bir tuproqning mukammal ta’rifini bermog’i lozim. YUqorida ko’rsatilgan vazifalar tuproqlar sistematikasida tuproqlar nomenklaturasi, taksonomiyasi va diagnostikasi asosida va yordamida yechiladi.
Tuproqlar klassifikatsiyasi (tasnifi). yer yuzasi tuproq qoplami, o’zining murakkab tuzilishli va xilma -xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarlari o’rganishda va ratsional foydalanishda, ularni to’g’ri aniqlash ya’ni klassifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Tuproqlarni o’xshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga ko’ra mvayyan gruppalarga birlashtirishga tuproq klassifikatsiyasi (tasnifi) deyiladi.
Tuproqlarni ilmiy jihatdal klassifikatsiyalash ularning genetik – ishlab chiqarish xossalariga asoslangan bo’lib, bu klassifikatsiya quyidagilari: tuproq paydo bo’lishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning territoriyalar bo’yicha tarqalishini va tuproq qatlamining ishlab chiqarish jihatidan ahamiyatga ega bo’lgan biologik, fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy xarakteristikasini aks ettirishi kerak. Tuproqlarni klassifikatsiyalash mvammolari tuproqshunoslikdagi eng aktval va munozarali masalalardan biri hisobladi. Fanning rivojlalishi va yangi ilmiy dalillarning to’planishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan klassifikatsiya sxemasiga ayrim qo’shimchalar kigitish yoki ulami qayta ishlab chiqish zagur bo’ladi. Bu muammolar qishloq xo’jaligi talabIari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy klassifikatsiya fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fan ning givojlalishi bilan tuproqlar klassifikatsiyasi ham murakkablashib boradi. Tuproq klassifikatsiyasining rivojlanish tarixida to’rtta etapni ajratish mumkin: V. Dokuchaevgacha, bunda geologiya - petrografiya, kimyoviy va fizikaviy klassifikatsiya prinsiyaplari ustun bo’lgan; 2) Dokuchaev davri, qachonki V. Dokuchaev, N.M. Sibirtsev, K.L. Glinkalar tomonidan asos solingan va tuproqlarni genetik klassifikatsiyalash printsiplari ishlab chiqilgan; Z) Hozirgi davr (taxminan XX asming 50 yillaridan), bunda taksonomik birliklar va diagnostik ko’rsatkichlar tizimi uzil - kesil ishlab chiqilgan, turli mamlakatlarda tuproqlami milliy klassifikatsiyalash taraqqiy ettirildi va tuproq paydo bo’lish rejimlari va ekologik sharoitlar to’liq hisobga olinadigan bo’ldi; 4) YAngi davr (XX asr 90 - yillarining boshlanishidan), qachonki klassifikatsiyalashda, taksonomik birliklar - bo’linmalardan iyerarxik sistemalarda mos ravishda turli darajani egallaydigan, antropogen o’zgarishlarning barcha bosqichlari hisobga olinadi.
YAngi, 2000 yilda nashr etilgan, Rossiya tuproqlari klassifikatsiyasi,
genetik hisoblanadi va tuproq profilining tuzilishi va uning xossalagiga asoslangan. Ushbu klassifikatsiya V.V.Dokuchaey nomidagi tuproqshunoslik instituti tomonidan L.L. SHishoy rahbarligida tuzilgan komissiya tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu kJassifikasiyada yuqori rangdagi birliklar ajratilgan va tuproqlarning antropogen - qayta o’zgarishi hisobga olingan. Tuproqlar klassifikatsiyasining umumiy sxemasi qo’yidagi Kimyoviy qayta tiklangan tuproqlar.
Stvollar yuqori taksonomik birlik sifatida tuproq laming tuproq paydo bo’lish jarayonlari va litogenezining nisbatini namoyon etadi. Ushbu diagnostik ko’rsatkichlar altrorogel va texnogen - qayta
o’zgargan tuproqlarni ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, qaysiki
ularning transformatsiyalanish darajasiga ko’ra turli taksolomik darajalarga tipchalar bo’limgacha ajratiladi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin