Тупроқшунослик асослари


Tuproqning nafas olishi. Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə59/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

8.3.Tuproqning nafas olishi. Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi.
Tuproq yuzasidan atmosferaning quyi qismlariga СО2 ning ajralib chiqishiga va kislorodning tuproqqa kirish jarayoniga tuproqning nafas olishi deyiladi. Tuproqdan ajraladigan СО2 o’simliklarning fotosintez jarayoni uchun foydalaniladi. Tuproqning nafas olish jadalligi tuproqning xossalariga, gidrotermik sharoitlariga, o’simliklar qoplamiga va olib boriladigan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Madaniylashgan tuproqlarda biologik jarayonlarning aktiv kechishi natijasida va unda aeratsiya sharoiti yaxshi bo’lganligidan СО2 ajralishi kuchli bo’ladi. Demak, tuproqning nafas olish intensivligi tuproqdagi havo almashinuvi va biologik jarayonlarning aktivligini xarakterlovchi muhim kursatkichdir. СО2 ning ajraladigan miqdori turli tuproq-iqlim sharoitlarida har xil bo’ladi. Masalan, tundraning torfli-gley tuproqlarida bir yilda 0,3 t\ga СО2 ajraladigan bulsa, igna bargli urmonlarning podzol tuproqlarida - 20 dan 60 gacha, dasht qora tuproqlarda 40-70 t\ga. ni tashkil etadi.
1. Tuproqning gazsimon qismi bilan atmosfera havosining tuxtovsiz va ma’lum tezlikda almashinib turishiga gaz almashinish yoki aeratsiya jarayoni deyiladi. Gaz almashinuvi yoki aeratsiya bir-biri bilan va atmosfera bilan bog’liq bo’lgan alohida havo saqlovchi tuproq G’ovakliklari orqali yuzaga keladi.
Gaz almashinuv omillariga: diffuziya, yog’inlar yoki sug’orish hisobiga namning tuproqqa kirishi, tuproq harorati va atmosfera bosimining o’zgarishi, shamolning ta’siri, sizot suvlari sathining o’zgarishi kabilar kiradi.
Diffuziya - tuproq qatlamlaridagi o’ziga xos partsial bosim ta’sirida gazlarning almashib turishidir. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida O2 kam va СО2 ko’p bo’lganidan, diffuziya ta’sirida tuproqqa O2ning o’zluksiz kirib, СО2 ning esa atmosferaga ajralib chiqishi uchun sharoit yaratiladi.
YOg’inlar va Sug’orish natijasida tuproq g’ovakliklariga kiradigan suv tufayli havo siqilib, yuqoriga qarab chiqadi, g’ovakliklardagi nam sarflanib ketganidan keyin esa uning uрНiga atmosfera havosi surib olinadi. Tuproq haroratining va atmosfera bosimining o’zgarishi, shamol ta’siri, sizot suvlari sathining o’zgarishi ham tuproqdagi havo hajmini, jumladan tuproqqa kiradigan va chiqadigan havo oqimini o’zgartiradi. Tuproq orqali bo’ladigan gazlar diffuziyasi erkin havodagiga nisbatan sekinroq boradi. Tuproqdagi gaz diffuziyasi (D) bilan shu gazlarning atmosferadagi diffuziya koeffitsiyenti (D0) ga bo’lgan nisbati odatda birdan past. D i f f u z i ya k o e f f i ts i ye n t i kontsentratsiya gradiyenti birga yaqin sharoitda, 1 sm2 yuzadan 1 sm tuproq qatlami orqali diffuziyalanadigan moddalar miqdoriga teng bo’ladi. СО2 ning diffuziya koeffitsiyenti 0,009 sm2/s bo’lganda aeratsiya normal hisoblanadi. Undan kam bo’lganda gaz almashinuvi qiyin bo’ladi (Lyundegord). СО2 va O2 ning nafaqat havo bilan egallangan G’ovakliklar orqali harakati, balki ildiz atrofidagi suv pardasi buylab o’simliklarning ildiz sistemasiga o’tishi ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin