Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə57/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Nazorat savollari
1. Tuproqning suv balansi, uni belgilaydigan omillar qanday?
2. Tuproqdagi namning sarfi qanday omillardan iborat?
3. Fizik bug’lanish, transpiratsiya va evakotranspiratsiya deganda nimani tushunasiz?
4. Suv balansini hisoblash tartibi qanday?
5.Tuproq suv xossalarining tavsifini bering, ularning axamiyati qanday?
6. Tuproqning mexanik tarkibi, strukturalilik va gumusli holati, singdirilgan kationlar tarkibi uning suv xossalariga qanday ta’sir etadi?
7. Tuproqdagi foydali va foydasiz namliklar, ularning kategoriyalari va ularni kanday xisoblash mumkin?
8. Suv rejimi deganda nimani tushinasiz va u qanday omillarga bog’liq?
9. Suv rejimi qanday tiplarga ajratiladi va ularni tavsiflang?
10. Turli tabiiy zonalarda suv rejimini tartibga solishda qanday tadbirlar qullaniladi?
8-MAVZU: TUPROQNING HAVOSI VA HAVO REJIMI
Reja:
1.Tuproq havosi va uning holatlari.
2. Tuproq havosining tarkibi. O2 va СО2 ning tuproq jarayonlari va o’simliklar hayotidagi roli.
3. Tuproqning nafas olishi. Tuproq va atmosfera havosi orasidagi gaz almashinuvi.
4. Tuproqning havo xossalari. Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.
5.Tuproqning issiqlik xossalari va issiqlik rejimi


8.1. Tuproq havosi va uning holatlari.
Tuproqning nam bulmagan bushliqlarini egallab turuvchi turli gazlar va uchuvchi organik birikmalar aralashmasiga tuproq havosi deyiladi. Tuproq havosi yoki gaz fazasi tuproqning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning qattiq, suyuq va tirik organizmlardan iborat qismlari bilan bevosita bog’liq hamda o’simliklarning hayotiy omillaridan biridir.
Tuproq havosi va uning tarkibi tuproqda kechadigan turli jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. Tuproq havosidagi kislorod oksidlanish reaktsiyasi va organik moddalarning parchalanishida faol qatnashadi. Kislorod ta’sirida ayrim kimyoviy elementlar (Fe, Mn) oksidlanib, qiyin eriydigan shaklga, ayrimlari esa (oltingugurt, vanadiy, xrom) tez eriydigan holga o’tadi. Demak, kislorod ba’zi elementlarning harakati (migratsiyasi) ni tezlashtirib, boshqalarni sekinlashtiradi. Organik moddalarning oksidlanishi natijasida tuproqdagi uglerod, azot, fosfor, oltingugurt kabi biologik muhim kimyoviy elementlarning aylanishi yuzaga keladi.
Tuproq havosi fotosintez jarayonida o’simliklar foydalanadigan karbonat angidrid gazining manbai ham hisoblanadi. Hosil yaratish uchun sarflanadigan jami СО2 miqdorining 38-72 foizini o’simlik tuproqdan oladi.
Atmosfera havosining ifloslanishi kislotali cho’kmalarning tushishi bilan bog’liqdir. Kislotali cho’kmalarga yomg’irlar,tumanlar, kislotali tumanlar,qorlar ,gazlar,qo’riq va qattiq zarralar kiradi.Bu mvammo esa munozaraga va keng miqqiyosida OAV yoritilishga olib keladi.11
Tuproqdagi havo shuningdek, tuganak va azot tuplovchi bakteriyalarni azot bilan ta’minlaydi. Havo tarkibidagi suv bug’i tuproqning yillik va so’tkalik suv balansida katta ahamiyatga molik. Tuproq havosi tuproqda erkin, adsorbirlangan va erigan holatda bo’ladi.
Erkin tuproq havosi tuproqning nokapillyar va kapillyar bushliqlarida saqlangan bo’lib, erkin harakatlanadi hamda atmosfera havosi bilan almashib turadi. Amalda ko’pincha suv bilan tulmagan nokapillyar G’ovakliklardagi havo, tuproq aeratsiyasida alohida ahamiyatga ega. Qumoq va soz tuproqlar namlanganda, undagi suv erkin havoning tuproq bushliqlaridagi yaxlitligini bo’zadi. Bunday havo siqilgan havo deyiladi va bu havoning aeratsiya uchun ahamiyati juda kam.
A d s o r b i r l a n g a n t u p r o q h a v o s i - tuproq qattiq qismi yuzasida yutilgan gazlardan iborat. Og’ir mexanik tarkibli va gumusga boy tuproqlarda gazlar adsorbtsiyasi yuqori bo’ladi. Gazlar, moleko’lalarining to’zilishiga kura tuproqda quyidagi tartibda adsorbirlanadi: N2 < O2 < CO2 < NH3
E r i g a n sh a k l d a g i t u p r o q h a v o s i - tuproq suvida erigan gazlar hisoblanadi. Ammiak, vodorod sulfidi va karbonat angidridi suvda yaxshi eriydi. Kislorodning eruvchanligi uncha yuqori emas. Suvda erigan gazlar yuqori aktivlikka ega. Tuproq eritmasi СО2 bilan tuyinganda karbonatlar, gips va boshqa mineral birikmalarning eruvchanligi oshadi. Erigan kislorod hisobiga tuproq eritmasining oksidlash xususiyati saqlanib turadi. Tuproqning harorati va undagi kimyoviy jarayonlarning faolligiga kura tuproq eritmasidagi kislorod miqdori O dan 14 mg\l gacha o’zgarib turadi. Tuproq eritmasining kislorod bilan eng ko’p tuyingan davri (6-14 mg\l) erta bahor hisoblanadi. Buning sababi, kislorodga boy bo’lgan namning tuproqda ko’p bo’lishi va bu vaqtda hali biologik jarayonlarning aktivligi pastligidir. O’simliklar ildiz sistemalarining kislorodga bo’lgan talabi, doim aeratsiyalanib turuvchi erkin tuproq xavosi bilan ta’minlanadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin