Тупроқшунослик асослари


Tuproqning havo xossalari. Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə60/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

8.4. Tuproqning havo xossalari. Tuproqning havo rejimi va uni yaxshilash tadbirlari.
Gaz almashinuvining holati tuproqning havo xossalari bilan belgilanadi. Tuproqning havo xossalariga havo o’tkazuvchanligi va havo sig’imi singarilar kiradi.
T u p r o q n i n g h a v o u t k a z u v ch a n l i g i. Tuproqning o’z qatlamlari orqali havoni o’tkazish qobiliyatiga uning havo o’tkazuvchanlik xossasi deyiladi.Havo o’tkazuvchanlik mvayyan vaqtda 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 kundalang kesimi yuzasi maydonidan, ma’lum bosimda, mm xisobida o’tadigan havo miqdori bilan ulchanadi. Havo o’tkazuvchanlik qanchalik tulik ifodalangan bulsa, gaz almashinuvi ham shuncha yaxshi bo’ladi, hamda tuproq havosida СО2 kamayib, O2 ko’payadi. Havo o’tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibi, uning zichligi, namligi va struktura xolatiga boglik. Havo tuproqdagi nam bilan egallanmagan va bir-biridan ajralmagan g’ovakliklarda yaxshi harakatlanadi. Aeratsiya g’ovakliklari qanchalik yirik bulsa, havo almashinuvi shuncha yaxshi. Strukturali tuproqlarda kapillyar g’ovakliklari bilan birga nokapillyar g’ovakliklar ham yetarli bo’lganidan, havo almashinuvi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Demak, strukturali tuproqlarda suv bilan havo orasida ziddiyat deyarli bulmaydi va tuproqning suv va havo rejimi mu’tadildir.
T u p r o q n i n g h a v o s i g’ i m i - hajmiy foiz bilan ifodalanadigan va tuproqning barcha g’ovakliklarida ushlanib turiladigan havo miqdorini xarakterlaydi. Havo miqdori tuproqdagi namlik va g’ovakliklar miqdoriga bog’liq. Bushliqlar qanchalik ko’p va namlik oz bulsa, tuproqdagi havo ham shuncha ko’p bo’ladi. Quruq tuproqlarda havo sig’imi yuqori bo’lib, deyarli umumiy g’ovakligiga barobardir. Lekin tabiiy sharoitda tuproq doim ma’lum miqdorda nam saqlab turganidan, havo sig’imi juda o’zgaruvchandir. Quruq tuproqlardagi havo sig’imi umumiy G’ovaklik bilan gigroskopik namlikning hajmiy miqdori orasidagi farqqa teng bo’ladi. Tuproqning eng kam nam sig’imiga to’g’ri keladigan havo sig’imi alohida ahamiyatga ega. Agar eng kam nam sig’imi sharoitida havo bilan egallangan G’ovaklar hajmi 15 foizdan kam bulsa, tuproq havosi tarkibining maqbul holatini ta’minlaydigan tuproq aeratsiyasi yetarli bulmaydi. Mineral tuproqlarda havo miqdori 20-25, torfli tuproqlarda esa 30-40 foiz bo’lganda gaz almashinuvi uchun mu’tadil sharoit yaratiladi.
3. Tuproq havo rejimining mu’tadil va maqbul holatda bo’lishi tuproq sharoiti va o’simliklarning usib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Tuproqqa kiradigan havoning qatlamlar buylab harakati va tuproq qattiq, suyuq, tirik fazalari bilan o’zaro ta’siri natijasida uning tarkibi va fizik holatining o’zgarishi hamda tuproq havosining atmosfera bilan o’zaro gaz almashinuvi kabi hodisalar yig’indisiga havo rejimi deyiladi.
Tuproq havo rejimining so’tkalik, yillik va ko’p yillik o’zgarishi tuproqning fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari, shuningdek iqlim sharoitlari, o’simliklar qoplami, ekinlar turi, olib boriladigan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Eng maqbul havo rejimi strukturali tuproqlar uchun xos.
Ko’pchilik tuproqlar jumladan, doimiy va vaqtincha o’ta namlanadigan tuproqlarni muntazam ravishda havo rejimini yaxshilab borish talab etiladi.
Botqoqlangan yerlardagi qullaniladigan agrotexnika tadbirlarini tub melioratsiya ya’ni quritish melioratsiyasidan keyin o’tkazish mumkin. Tuproq aeratsiyasini yaxshilash tadbirlari tuproqning havo rejimini urganish asosida olib borilganda, yaxshi samara beradi. Bunda tuproq havosining miqdori, gazlarning diffuziya tezligi, tuproqning nafas olishi va tuproq havosining tarkibi singari omillar e’tiborga olinadi. Bu kursatkichlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ammo ayrim omillar aeratsiya sharoitlarini tulaligicha ifodalamaydi. SHuning uchun ham bu kursatgichlar konkret sharoitlarda tuproq xossalari va o’simliklarning aeratsiyaga bo’lgan talabi asosida e’tiborga olinishi kerak. yengil mexanik tarkibli (qumli va qumloq) tuproq larda va shuningdek agronomik jixatdan qimmatli strukturaga ega bo’lgan qumoq va soz tuproqlarda o’simliklarning vegetatsiya davrida tuproqning yuqori qatlamlarida havo ko’proq miqdorda (tuproq xajmiga nisbatan 20-25 foiz) bo’lishi kerak.
Strukturasiz og’ir mexanik tarkibli tuproqlardagi havo miqdori, uning zichlik holatiga va tuproq namligiga bog’liq. Ana shunday tuproqlarda mu’tadil nam bo’lganda ham o’simlik kislorod yetishmasligidan va СО2 ning ko’pligidan qiynaladi. Eng kam nam sig’imiga teng nam bo’lganda, havo miqdori tuproqlarda eng past (tuproq hajmiga nisbatan 15 foiz dan kam) holatga tushadi.
Strukturasiz tuproqlarda qatqaloqning hosil bo’lishi havo rejimini yomonlashtiradi. Bu tuproq juda zich bo’lib, kam G’ovaklikka ega. N.I.Poyasov buyicha tuproq qatqaloGidagi namlik 17, tuproq hajmiga nisbatan 22,2 foiz bo’lganda tuproq aeratsiyasi yomonlasha boshlaydi. Gaz almashinuvida aeratsiya G’ovakliginining ahamiyati tuproq xossalari va temperatura rejimiga kura o’zgaradi. СО2 miqdori 2-3 dan ko’p bulmasa, kislorod kontsentratsiyasi 18-19 foizdan kam bulmaganda tuproq havosining tarkibi maqbul bo’ladi. Tuproq orqali o’tadigan havo va ayrim gazlarning tezligiga tuproqdagi G’ovaklikning umumiy hajmi va G’ovaklik ulchamiga bevosita bog’liq. Kapillyar G’ovakliklar ko’p va namlik yuqori bo’lganda, havo o’tmaydi.
N.F.Dobrikov tadqiqotlari asosida, tuproqning havo o’tkazuvchanligiga qarab, uning struktura holati, jumladan tuproqning gaz almashinuvi haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Agar tuproq namlangandan sung 60 mino’tdan keyin, uning havo o’tkazuvchanligi 60 ml/min. ni tashkil etsa - struktura holati yaxshi, 40-60 ml/min - urtacha, 40-30 ml/min. - kuchsiz, 20-0 ml/min, bo’lganda tuproq strukturasiz hisoblanadi.
Tuproqning nafas olish intensivligi - havo rejimining muhim kursatkichi hisoblanadi. Tuproqning bu kursatkichi keng oraliqda o’zgarib, 1 m2 da 0,5 dan 10 kg gacha va undan oshiq bo’ladi hamda u tuproqning xossalariga, gidrotermik sharoitlariga, o’simliklar qoplamiga bog’liq. Tuproq havosining tarkibiga qarab tuproqning aeratsiya sharoitlarini baholash usuli keng ishlatiladi. Agar СО2 kontsentratsiyasi 2-3 dan ko’p, O2 -19-18 foizdan kam bulsa, ko’pchilik ekinlarning hosildorligi kamayadi. Ekinlarning aeratsiya sharoitlariga bo’lgan talabchanligiga qarab, ularni quyidagi qatorga joylashtirish mumkin. Kartoshka > makkajuxori > Galla ekinlari > ko’p yillik o’tlar. O’simliklar uchun noqulay bo’lgan aeratsiya davrining davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun tuproq havosi tarkibining dinamikasini bilish zarur. СО2 va O2 ning so’tkalik dinamikasi haroratning o’zgarishiga qarab tuproqning 30-50 sm chuqurligiga qadar yetib boradi. SHu davrda tuproq havosining tarkibi 10-15 foiz o’zgarishi mumkin. O2 va СО2 ning yillik dinamikasida kislorodning maksimal miqdori va karbonat angidridning minimal miqdori yoz davriga to’g’ri keladi. Normal darajada namlangan davrda, tuproq havosidagi kislorod miqdori, odatda tuproqning yuqorigi qismidan pastga qarab kamayadi. СО2 esa aksincha ko’payadi. Gaz almashinuvi qiyin bo’lgan tuproqlarda, СО2 ning maksimal kontsentratsiyasi va O2 ning minimal miqdori, tuproqning yuqori va urta qatlamlari uchun xarakterli.
Tuproqlarni madaniylashtirish yuli bilan, uning havo rejimlari yaxshilanadi. Tuproq eritmasining reaktsiyasini maqbullashtirish, organik va mineral o’g’itlardan foydalanish, yeрНi Sug’orish singarilar tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, biologik jarayonlarni aktivlashtiradi va aeratsiya jadalligini oshiradi. Tuproqlarda chuqur haydalma qatlamni yaratish, zich haydalma osti qatlamini yumshatish, maqbul normada Sug’orish, tuproq qatqaloGini yumshatish va shuningdek kam gumusli og’ir mexanik tarkibli yerlarga organik o’g’itlarni qullanish tuproqning havo rejimini yaxshilash hamda tartibga solib turishning muhim agrotexnik, agromeliorativ tadbirlardan hisoblanadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin