Тупроқшунослик асослари


Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari. Tuproq unumdorligining kategoriyalari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə66/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

9.3. Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari. Tuproq unumdorligining kategoriyalari.
Tuproqning o’ziga xos xususiyati hisoblangan unumdorlik tuproq paydo bo’lish jarayonlari davomida shakllanib boradi va tuproqning qandaydir bir yoki ikkita xossasi (masalan, oziq moddalar, gumus miqdori yoki fizik xossalari) bilan emas, balki tuproqning barcha xossalari yig’indisi bilan belgilanadi. SHuni e’tiborga olish lozimki, unumdorlik faqatgina o’simliklar ildizi usayotgan tuproqning ustki qatlamiga bog’liq bulmasdan, balki tuproq ostki jinslari hamda barcha tuproq profilining to’zilishi va xususiyatlari bilan ham ifodalanadi. O’simliklarni suv va oziq moddalar bilan ta’minlanishiga tuproqning nafaqat gumusli yoki haydalma qatlami, balki undan chuqurroq qatlamlari ham katta ta’sir etadi. Demak, unumdorlik tuproq barcha qatlamlari (profili) ning xarakteri va xususiyatlari bilan belgilanadi. Tuproqda unumdorlikning shakllanishi bilan bir qatorda o’simliklar uchun zarur omillar va shart-sharoitlar yuzaga keladi. Tuproqning barcha fizikaviy, biologik, kimyoviy xossalari, tarkiblari va rejimlari shular jumlasiga kiradi. Odatda, tuproq unumdorligining elementlari (omillari) va shart-sharoitlari ajratiladi.
Tuproq unumdorligining elementlariga o’simliklarning usib-rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (N, P,K kabilarning) o’zlashtirish uchun oson shakllarining bo’lishi, o’simliklarga qulay tarzdagi suv, xavo va issiqlik kabi omillarning mavjud bo’lishi singarilar kiradi. Bu omillar o’z navbatida atmosfera elementlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Tuproq unumdorligining shart-sharoitlari jumlasiga tuproqning barcha xossalari va rejimlari kiradi. Ana shunday eng muhim xossalar va rejimlarga tuproq mexanik tarkibi va strukturasi bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy, suv, havo xossalari va rejimlari, tuproqning singdirish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan xossalar (singdirilgan kationlar tarkibi, tuproq eritmasining reaktsiyasi) ni kiritish mumkin. Tuproqning bu shart-sharoitlari ham atmosfera sharoitlari bilan bog’liq. Ushbu lektsiyalar kursining maxsus mavzularida tuproqning xossalari, rejimlari va unumdorlik omillari haqida batafsil bayon etilgan. Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari bevosita bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ulardan birining o’zgarishi boshqasiga va shu orqali tuproq unumdorligiga ta’sir etadi. Qishloq xujalik ishlab chiqarishida tuproqdan foydalanilayotganda tuproq unumdorligining barcha omillari va shart-sharoitlariga ta’sir etish lozim.
Tuproq unumdorligining quyidagi turlari ajratiladi:tabiiy, sun’iy, potentsial, effektiv (samarali), nisbiy va iqtisodiy unumdorliklar.
T a b i i y u n u m d o r l i k. Insonlar quli tegmagan tabiiy holatdagi tuproqlar uchun xarakterli unumdorlik hisoblanadi.
S u n ‘ i y u n u m d o r l i k insonlarning maqsadli faoliyati (eрНi haydash, unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov berish, melioratsiyalash, o’g’itlardan foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi.
P o t ye n ts i a l u n u m d o r l i k - tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari natijasida paydo bo’lgan xossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida yaratilgan yoki o’zgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yig’indisidan iborat.
E f f ye k t i v (samarali) u n u m d o r l i k - mvayyan iqlim va texnik-iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potentsial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Bu unumdorlik hozirgi vaqtda olinadigan hosil miqdori bilan ifodalanadi. Demak, hosildorlik miqdori samarali unumdorlikning asosiy kursatkichi va konkret kurinishidir.
N i s b i y u n u m d o r l i k - mvayyan gruppa yoki turdagi o’simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bo’lgan munosabati (talabi) bilan belgilanadi. Bir turdagi o’simliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq, boshqasiga yaroqsiz bo’lishi mumkin.
I q t i s o d i y u n u m d o r l i k - tuproqning potentsial unumdorligi va yer uchastkalarining iqtisodiy xarakteristikasiga kura tuproqlarni iqtisodiy jihatdan baholashdir.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin