Nustek firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan skaner
Aerofoto- va kosmik tasvirlarni raqamli ko’rinishga o’tkazish uchun foydalaniladigan skanerlar juda qimmat turadi. Bunday skanerlarga nihoyatda katta talablar qo’yiladi: ruxsat etilgan tiniqligi 10 mkm gacha, aniqlik darajasi 2-3 mkm (0,02-0.03mm), skanirlash formati – 24x24 sm. Bu ishlarni bajarishda ayrim skanerlarning gorizontal va vertikal ko’rish tiniqligi turli ekanligini ham e’tiborga olish kerak. SHu sababli keng tarqalgan Hewlet Packard skanerlaridan foydalanilsa etarli darajada ishonchli ma’lumotlarni olish mumkin. Arzon skanerlardan Nustek firmasi ishlab chiqaradigan skaneрНi misol tariqasida keltirish mumkin (19-rasm).
Germaniyaning Zeiss va AQSHning Intergraph firmalari birlashib, Z/I korporastiyasida ishlab chiqilgan Fotoskan-2001 fotogrammetrik skaneri so’nggi modellardan biri hisoblanadi (20-rasm). Fotoskan-2001 bugungi kundagi skanerlarning eng yaxshisi bo’lib, piksel aniqlik darajasining o’rtacha kvadratik xatosi 2 mkm dan oshmaydi.
Fotoskan-2001 fotogrammetrik skanerini umumiy ko’rinishi
Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog’ozli kartadan yaxshi bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo’lda bajarib bo’lmas darajadagi aniqligi va boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o’zgartirish kiritish, yangi mazmun va bo’yoq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni kiritish, o’chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo’ladi. Buning uchun mvallifning shaxsan o’zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq tanishishi va ular asosida karta tuzib ko’rishi kerak.
Karta yaratishning bu texnologiyasi bugungi kunda, birinchidan - sezilarli darajada universallashgan, ikkinchida - juda tez rivojlanayotgan, inson faoliyatining hamma sohalarini qamrab olayotgan jarayondir. Geografik axborot tizimlari sohasida asosiy bilimlarni beruvchi rus va chet mamlakatlar halqlari tillaridagi kitoblarda va GATning turli sohalariga oid bo’lgan monografiyalar va konferenstiya materiallari orqali tadqiqotchilar GAT tizimiga ham nazorat va ham amaliy yangiliklar kundan-kunga ko’plab kiritmoqdalar.
GAT bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yoki plan-sxemani) ko’rish mumkin. Ish jarayonida tasviрНing detallashganlik darajasini oson o’zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlarni ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Siz ma’lumotlarning mavzuli tarkibi bo’yicha boshqarish ishlarini ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo’lmagan ba’zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopib qo’yish; zarur bo’lgan qatlamlarni esa ko’rsatish mumkin.
Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o’lchamini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko’rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o’lchash ham mumkin.
GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko’rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo’lmagan va temir yo’l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko’rsatilsin va h.k.
Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyin masalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan, suv va boshqa quvurlar trassasida ro’y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin bo’lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo’nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |