Raqamli karta pasporti – bu kartaning umumiy tavsifi haqidagi ma’lumotlar to’plami (metama’lumotlar). Mavjud GOST R 51353-99 “Geoinformatsionnoye kartografirovaniye. Metodika elektronnыx kart. Sostav i soderjaniye” standartida bu haqida quyidagicha ta’rif berilgan:
Elektron kartalar metama’lumotlari – bu elektron kartaning mazmuni, hajmi, ma’lumotlari fazoviy joylashishi, sifati, aniqligi, to’liqligi, ishonchliligi, zamonaviyligi va boshqa tavsifnomasini ifodalovchi ma’lumotlar, shuningdek, elektron kartalarni tuzish yoki uni yangilashda qo’llaniladigan geodezik, gravimetrik, fotogrammetrik va kartografik ma’lumotlar hamda elektron kartalardan foydalanish to’g’risidagi ma’lumotlardir.
Ushbu standartlarga mos ravishda metama’lumotlar fazoviy ma’lumotlarning nihoyatda to’la umumiy tavsifnomasiga ega bo’lishi kerak va quyidagi axborotlarni o’z ichiga olmog’i lozim:
- metama’lumotlarni bergan tashkilot;
- raqamli kartani tayyorlagan tashkilot;
-ma’lumotlar sifati, aniqligi, to’liqligi, generalizastiya mezonlari;
- mahsulot turi izoxlangan matn;
- manbalarni, dastlabki ma’lumotlarni to’plash usuli;
- koordinatalar tizimi, kartografik proyeksiya va ellipsoid;
- kartaga olinayotgan xudud haqida ma’lumotlar va boshqalar.
SHuni aytib o’tish joizki, mazkur standart metama’lumotlar mazmuniga umumiy talablarni qo’yadi, lekin raqamli kartalar pasporti mazmuni mukammal holatda qandaydir me’yoriy hujjatlar bilan cheklanmagan.
Raqamli karta tarkibining ob’ektiv to’liqligi – bu joydagi real borliqga mos ravishda hamma talab etilgan qoidalarga mos holda kartaga olinayotgan ob’ektlarining tasnifi bo’yicha raqamli kartada tasvirlanishidir. Ob’ektlar uchun klassifikatorlar talablariga mos ravishda qiymatlar keltirilgan bo’lishi lozim.
Raqamli kartaning aniqligi – uning metrik axborotlarda ob’ektlar konturlari nuqtalari koordinatalarining aniqligi bilan ifodalanadi. Me’yoriy texnik hujjatlar talablarida aniqlik ko’rsatkichi sifatida ob’ektlar konturlari nuqtalari koordinatalari ularga yaqin joylashgan nuqtalarga nisbatan planli o’рНining o’rtacha kvadratik xatoligi qiymati orasidagi farq olingan. Hozirgi paytda amaldagi me’yoriy texnik hujjatlar ruxsat etilgan o’rtacha kvadratik xatoni 0,5 mm deb belgilagan. Ob’ektlar identifikastiyasi va tavsiflarning to’g’riligi – bu raqamli karta tuzilishida klassifikatorga mos ravishda ob’ektlar identifikastiyasi, kodi va tavsifnomasining to’g’riligidir.
Dostları ilə paylaş: |