Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə123/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Nazorat savollari

  1. Tuproq xaritalari deb nimaga aytiladi?

  2. Xaritalash ishlari davlari

  3. Gat texnologiyalari nima?


11.MAVZU: AGROKIMYO FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA BOSHQA FANLAR BILAN BOG’LIQLIGI.
REJA:
1. Dehqonchilikni kimyolashtirish va o’g’itlarning ahamiyati.
2. Agrokimyo fani o’rganish uslublari.
3. Agrokimyo fanining rivojlanish tarixi.


Adabiyotlar:


11.1.Dehqonchilikni kimyolashtirish va o’g’itlarning ahamiyati

Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi - qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulot hajmini oshirish, Respublikamiz aholisini yetarli miqdorda oziq - ovqat bilan ta’minlashdan iboratdir.


Buning uchun yerlardan samarali foydalanib, tuproq unumdorligini doimiy ravishda oshirib borish lozim. Tuproqlarning unumdor bo’lishi qishloq xo’jalik ekinlarining yaxshi o’sishi, rivojlanishi va mo’l hosil berishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Tuproq unumdorligi - bu o’simliklar o’suv davrining barcha rivojlanish fazalarida uning suv va oziq moddalariga bo’lgan talabini doimo yetarli miqdorda qondirishdir, tuproqlarning ushbu xususiyati qanchalik yaxshi bo’lsa, u shunchalik unumdor bo’ladi.
Tuproq unumdorligi ikki turga - tabiiy va foydali unumdorlikka bo’linadi.
Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bo’lishida har xil omillarning ta’sir etish jarayonida vujudga keladi, bu tuproqlarning turli mexanikaviy va kimyoviy tarkibi hamda iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Demak har qanday tuproq tabiiy unumdorlikka ega bo’ladi.
Tuproqning foydali unumdorligini oshirishda organik, mineral, bakterial o’g’itlardan va boshqa kimyoviy vositalardan foydalanish alohida o’rin tutadi.
Dehqonchilikni kimyolashtirish deganda – qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini va hosil sifatini oshirishning muhim vositasi bo’lgan mahalliy va mineral o’g’itlardan, begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy vositalardan samarali foydalanish tushuniladi.
Fanda shu narsa aniqlanganki, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan ekinlar hosilini 50 foizga ya’ni o’g’itlarni qo’llash evaziga olinadi.
Dehqonchilikda ishlatilayotgan o’g’itlarning samaradorligi, uni qo’llash hisobiga olingan qo’shimcha hosil yoki sof daromad bilan belgilanadi. Ilmiy tekshirish institutlari va ilg’or xo’jaliklarning tajribalarini ko’rsatishicha, ishlatilgan 1 ts o’g’it hisobiga quyidagicha qo’shimcha mahsulot olinar ekan ( ts hisobida):
donli ekinlar (don) - 1-1,3
kartoshka - 6-8
qand lavlagi - 6,5-7
paxta - 0,6-0,8
sabzavot va poliz - 12-14
uzum - 3-3,2
xashaki ildizmevalilar - 6-8
ko’p yillik o’tlar - 3,5-5
O’rtacha miqdorda ishlatilgan o’g’itlar hisobiga asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan qo’shimcha hosil miqdori quyidagi jadvalda berilgan.
1-jadval
Mineral o’g’itlarning ta’siri (M.P.Petuxov ma’lumoti)

Ekin turi

1 ga uchun qo’llanilgan, kg

1ga hisobiga olingan
qo’shimcha hosil

N

P2O5

K2O

Donli ekinlar (don)

30-45

40-50

40-50

5-8

G’o’za

80-120

80-120

-

6-10

Kartoshka

40-60

40-60

40-60

35-60

qand lavlagi

60-75

65-75

60-75

40-70

Beda (xashaki)

-

50-90

50-90

20-25

Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pchiligi azotga juda talabchan bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlarni ko’rsatishicha, ishlatilgan 1 kg azot hisobiga xar bir gektardan qo’shimcha 4,5 dan 8 kg gacha, 1 kg P2O5 hisobiga 4 dan 7,3 kg va 1 kg K2O hisobiga esa 2,2 dan 3,7 gacha bug’doy doni yetishtirish mumkin ekan. Lekin azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni birgalikda qo’llaganda ulardan olinadigan samaradorlik ancha yuqori bo’ladi. Mineral o’g’itlar to’g’ri ishlatilganda ekinlar hosili oshibgina qolmay, balki yuqori iqtisodiy samara ham beradi. Birinchi yilning o’zida o’g’itlarni qo’llashga ketgan barcha sarf-harajatlar qoplanadi va ancha yuqori iqtisodiy foyda olinadi.


Keyingi vaqtlarda MDHga kiruvchi Respublikalarda mineral o’g’itlar ishlab chiqarish 30-32 mln. tonnani (tarkibidagi oziq moddalarni 100 foizga hisoblaganda), o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari esa 440-480 ming tonnani tashkil etib, qishloq xo’jalik ekinlar hosildorligini ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatilmoqda. SHu bilan birgalikda, qishloq xo’jaligida 1,5 mlrd. tonnaga yaqin organik o’g’itlar ham ishlatilmoqda.
Keyingi 10-15 yil ichida O’zbyokistonda mineral o’g’itlardan foydalanish (tarkibidagi oziq modda 100 foiz hisobida) -728,0 dan to 1407,0 ming tonnaga yetib, boshqa ximiyalashtirish vositalaridan foydalanish xajmi ham ancha ortdi:



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin