Respublikamizda o’g’it qo’llash istiqbollari bo’yicha ma’lumot. 1. O’zbekistonda mineral o’g’itlar ishlab chiqarish. (2005 yil)
1.1. Azotli o’g’itlar jami: 2294,0 tonna f.t.
SHundan:
Karbamid - 405,78 tonna
Ammoniy nitrat - 1728,91 tonna
Ammoniy sulfat - 159,4 tonna
1.2. Fosforli o’g’itlar jami: 544,506 tonna
SHundan:
Ammofos - 313,532 tonna
Superfosfat – 230,974 tonna
2. O’zbekistondatalab etiladigan mineral o’g’itlar:
Azotli - 827,4 ming tonna t.e.m.
Fosforli - 543,8 ming tonna t.e.m.
Kaliyli - 302,4 ming tonna t.e.m.
Haqiqatda ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’itlar:
Azotli - 521,7 ming tonna
Fosforli - 162,3 ming tonna
Kaliyli - 15,3 ming tonna
Samarqand viloyati bo’yicha
Azotli - 25883,0 tonna
Fosforli - 20058,0 tonna
Kaliyli - 1318,4 tonna
Jami: - 47259,4 tonna
Hozirgi kunda O’zbekistonda va Samarqand viloyatida tuproq unumdorligining pasayib ketishi va berilgan o’g’itlardan foydalanmaslikning bir necha sabablari mavjud: 1. Tuproqdan o’simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan oziqa elementlarini qaytarish azotda 60 – 70 %, fosforda 40 – 50 % va kaliyli deyarli qaytarilmayapti. Boshqa elementlar, masalan, tuproqlarimizga yetishmaydigan rux, marganets, bor, molebden va boshqa mikroelementlar umuman qaytarilmayapti.
2. Ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra tuproqqa organik o’g’itlar juda kam berilishi sababli gumus miqdori kamayib borayapti va mineral o’g’itlar tarkibidan o’simliklarning oziqa elementlarini o’zlashtirish koeffitsiyenti kamayib ketmoqda.
3. Ishlab chiqarilayotgan fosforli o’g’itlar tarkibiy jihatdan ammafosga qaraganda sifatsiz va ulardan o’simliklar kam foydalanadi.
4. Azotli o’g’itlarni asosan g’allaga yuza sepilishi natijasida azotning ko’p qismi yuvilishi va havoga uchib ketishi natijasida samaradorligi pasayib ketmoqda.
5. O’g’itlarni qo’llashda tuproq tarkibidagi oziqa elementlar miqdori inobatga olinmasligi natijasida o’g’itlarni samaradorligi pasayib ketmoqda (Agrokimyo laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmayapti).
6. YAngi avlod mineral o’g’itlar NKFU, AFU o’rganilmasdan, sinovdan o’tkazilmay ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. O’g’it sifati nazoratdan chetda qolyapti.