Тупроқшунослик асослари


Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə125/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


I Agrokimyo

II Agrofizika

III Agrobotanika

O’simlik
1.O’simliklar fiziologiyasi
2. O’simlikshunoslik

O’simliklar kimyosi (moddalar almashinuvi)

O’simlikdagi fizikaviy jarayonlar

Ko’payish fiziologiyasi va formalar kelib chiqishi

Atrof muhit
3. Tuproqshunoslik
4. Meliortsiya
5. Meteorologiya

Tuproq va atmosfera kimyosi

Tuproq fizikasi, atmosferadagi fizikaviy xodisalar

Tuproqning morfologik belgilari, kelib chiqishi va mikrobiologik faolligi

Agrotexnik tadbirlar
6. Dehqonchilik
7. Mikrobiologiya
8. Qishloq xo’jalik mexanizatsiyasi
9. Menejment va iqtisodiyot

Tuproqni kimyoviy tarkibiga ta’sir ko’rsatish (o’g’itlar to’g’risidagi ta’limot)

Tuproqni fizikaviy xossalariga ta’sir ko’rsatish (tuproqqa ishlov berish to’g’risida ta’limot)

O’simlikka ta’sir ko’rsatish (agrotexnik tadbirlar, parvarishlash va selektsiya)

O’simlik navini va biologiyasini bilishda o’simlikshunosliq o’g’itlarni yerga solish usullarini tanlash, almashlab ekish dalasidagi tasiрНi o’rganishda – dehqonchilik, o’simlik zararkunanda va kasalliklariga qarshi kimyoviy vositalarni qo’llashda o’simliklarni himoya qilish, qo’llanilgan o’g’itlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qishloq xo’jaligini tashkil etish va iqtisodi fanlari bilan bog’liq bo’ladi.
Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o’rganishda, o’z oldiga qo’ygan maqsadlarni hal etish jarayonida tekshirishning turli xil usullaridan foydalaniladi:
1) laboratoriya usuli – o’simlik tuproq, mahaliy va mineral o’g’itlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz qilish:
2) fiziologik yoki vegetatsion, yani suniy sharoitda vegetatsion uylarda, issiqxonalarda (teplitsalarda), maxsus idishlarda o’simliklar bilan o’tkaziladigan tajribalar:
3) dala tajribalari-turli tuproq-iqlim sharoitiga ega bo’lgan zonalarda o’g’itlar bilan tajriba o’tkazish:
4) ishlab-chiqarish tajribasi dala tajribalarida olingan natijalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun jamoa va fermer xo’jaliklarda tajriba qo’yish.
YUqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, oxirgi uchta tekshirish usuli biologik usul hisoblanadi. SHuning uchun ham agrokimyo biologik fanlar jumlasiga kiradi. Agrokimyoning qishloq xo’jaligi amaliyotiga tadbig’i, asosan, sanoatda ishlab chiqarilayotgan va mahalliy o’g’itlardan samarali foydalanish chora tadbirlarini joriy etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbyokiston Respubikasining iqtisodiy moddiy negizini mustahkamlashda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishga, uni keng ko’lamda kimyolashtirishga qaratilgan yo’l, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida agrokimyo yutuqlarini amalda yanada ko’proq joriy qilishga cheksiz imkoniyatlar yaratadi.


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin