Umumiy nitrat miqdorini aniqlash. Ishning mazmuni. Sabzavot tarkibidagi organik moddalar xlor kislotasi aralashtirilgan sulfat kislotasida gidrolizlanadi. Xlor kislotasi 1120S parchalanib, kuchli oksidlovchi vazifasini bajaradi.
H ClO4 HCl + 2O2 Sulfat kislotasi esa organik moddalarni qoraytirib ko’mirga aylantiradi (qizdirmasdan avval). Temperatura 3380S yetganda sulfat kislotasi parchalanadi.
2H2SO4 2СО2+H2O+O2 Xlor va sulfat kislotalaridan ajralib chiqqan erkin kislorod organik moddalar tarkibidagi uglerod va vodorodni oksidlab, karbonat angidrid va suv hosil qiladi.
С+ O2 = СО2 2N2 + O2 = 2N2O
Tarkibida azot elementi bor organik moddalar esa sulfat va xlor kislotalari bilan qizdirish natijasida gidrolizlanib, azot moddasi quyidagicha sxema bo’yicha qaytariladi:
Oqsil-aminokislotalar-kislota amidlari-ammiak. Hosil bo’lgan ammiak sulfat va xlorid kislotalari bilan birikib ammiakli birikmalar hosil qiladi.
N H3 + HСl NH4Сl
2 NH3 + H2SO4 [NH4]2 + SO4 Ishning borishi:Analizga tayyorlangan sabzavot namunasidan analitik tarozida 0,2 gr tortib olib 100 ml.li Keldal kolbasiga solinadi, uning ustiga esa 10:1 nisbatdagi sulfat, xlor kislotalari aralashmasidan 5,5 ml quyib, 30-60 minutgacha o’z holicha qoldiriladi, so’ngra tarkibidagi azotni to’la saqlab qolish maqsadida kolbadagi aralashmadan oq par bo’linib chiqquncha, ya’ni 5-7 minut davomida past alangada qizdiriladi. So’ngra yirik ko’mir donachalari yo’qolib bir xildagi qo’ng’ir aralashma hosil bo’lguncha sovutiladi va yaxshilab aralashtiriladi. SHundan so’ng kolbani kuchliroq alangaga yoki plitkaga qo’yib har 7-8 minut davomida aralashtirib turgan holda qizdiriladi. Qizdirish aralashma rangsizlanguncha davom etadi. Agar eritma 15-30 minut davomida rangsizlanmasa, kolbani plitadan olib sovutiladi va 1-2 tomchi xlor kislotasidan quyib rangsizlantirish davom ettiriladi. Aralashma rangsizlanib bitgandan so’ng sovutilib, eritma 100 ml li o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Keldal kolbasida qolgan eritma ham bir necha bor distillangan suv bilan chayqalib, chayqandi ham o’lchov kolbachsiga quyiladi va eritmaning umumiy hajmi 100 mlga yetkaziladi.