Tuproq eritmasini tayorlash Labaratoriyaga keltirilgan ta’biy tuprq namunasi yaxshilab aralashtiriladi, yirik donachalar qo’l bilan maydalanadi, tabiiy namligi ko’z chamasida aniqlanadi, quyidagi jadvalga muvofiq ikkita parallel tortib olinadi.
Birinchi namuna analiz uchun ishlatiladi, ikkinchi namunada esa tuprqning haqiqiy namligi aniqlanadi.
Turli namlikdagi tuproqdan namuna olish jadvali
SHunday qilib olingan namuna quruqtuproq xisobida suv bilan 20:100 nisbatda bo’ladi.tortib olingan namuna 250-300 mlli kolbaga solinadi, ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi.
So’rimni fil’trdan loyqa holda o’tmasligini ta’minlash uchun har bir litr suv xisobidan 0,3-0,5 g. Alyumokaliyli kvasts yoki 10 ml.kaliy sulfat tuzining to’yingan eritmasidan quyiladi. Kolba 5 minut davomida chayqalib, burmali fil’tr orqali suziladi. So’rimdan 25 ml. o’lchab olib chinni kosaga quyiladi. So’ngra kasachaga 1 ml.disul’fafenol kislotasidan quyib, kislatani kosachaning butun devori bo’ylab xarakatlantiriladi, toki kosachaning butun ichki qismi disulfafenol bilan namlansin.
Taxminan oradan 10-15 minut o’tgandan so’ng 15 ml.distillangan suv quyib shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi va shisha tayoqchani kosachadan olmagan xolda qizil lakmus qog’ozidan eritmaga solib toki shu lakmus qog’ozi ko’karguncha 10-20 protsentli natriy yoki kaliy ishqorda neytiralanadi. Lakmusning ko’kragini, eritmaning esa sariq rangga kelganligi eritma tarkibidagi nitrat disul’fafenol kislatasi bilan birikib, trinitrofenol hosil bo’lganligidan dalolat beradi.