So’rim tayyorlash. Analizga tayyoorlangan ya’ni salqin joyda quritilib, so’ngra diametri 1 mm. li. elakdan o’tkazilgan tuproqdan 5 g. tortib olib, 200 – 250 ml.shisha kolbaga solinadi, uning ustiga 1 protsentli ammoniy karbonat (NH4)2SO3 yeritmasidan 100 ml. quyiladi.
Eritmani 5 minut davomida chayqab, 25 +_ 2 darajali xonada og’izni maxkam berkitilgan xolda 18 – 20 soatga qoldiriladi. Tuproq suspenziyasi 5 – 6 soat o’tgandan so’ng aralashtirib qo’yiladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng yaxshilab kulsiz filtr yordamida suziladi.
RANGLI SO’RIMDAN HARAKATCHAN FOSFOРНI ANIQLASH. Ishning borishi: tuproqdagi organik chirindi moddalar miqdoriga ko’ra so’rim rangli yoki rangsiz bo’lishi mumkin. SHu sababli fosfor miqdori rangli va rangsiz so’rimlarda alohida – alohida aniqlanadi.
Rangli so’rimavvalo rangsizlantiriladi, buninguchunfiltratdan 15 ml. o’lchab olib 100 ml. li. Konussimon kolbaga qo’yiladi. Uning ustiga sulfat kislatasi – N2SO4 bilan kaliy permanganat – KMnO4 aralashmasidan 2 ml. qo’yiladi va qaynash vaqtidan boshlab, 2 minut davomida qaynatiladi. SHu bilan rangsizlantirish tugaydi. eritma sovitilib ustiga 36 ml.rang beruvchi ertimadan qo’yiladi va umumiy xajmini 50 ml. ga yetkaziladi. eritmaning yaxshi aralashishini ta’minlash maqsadida 100 ml.li stakanchaga o’tkaziladi va 10 minutdan so’ng fotokalorimetрНing qizil rangli filtirida ko’riladi. eritmaning rangi 2,5 soat davomida deyarli o’zgarmaydi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Ammoniy karbonatning – (NH4)2СO3 1 protsentli eritmasi (10 g. tuz suvda ertilib, umumiy xajmi 1 l. ga yetkaziladi. Tuyorlangan eritmaning pN – 9 dan kam bo’lmasligi kerak, agar pN – 9 ga keltiriladi).
Sulfat kislotaning 30 protsentli eritmasi (385 ml.distillangan suvga 165 ml. kontsentrlangan sulfat kislotasi asta – sekinlik bilan qo’yiladi
Kaliy permanganat eritmasi – KMnO4 ,17.5 g, tuzni suvda eritib, umumiy hajmini 1 l. ga yetkaziladi.
Sulfat kislota bilan kaliy permanganat aralashmasi: 2 va 3 punktlarda tayorlangan eritmalarga muvofiq 1:2,5 nisbatda olinadi.bu eritma analiz qilinadigan kuni tayyorlanadi.
Ranglantiruvchi eritma: a) 6 g. ammoniyli molibden oksidi – (NH4)6Mo7. O24.4H2O, 200 ml.distillangan suvda asta – sekin qizdirish yo’li bilan eritiladi. b) surmyanovinokisliy kaliydan 0,145 g. olib, 100 ml. distillangan suvda asta – sekin qizdirish yo’li bilan eritiladi. v) kontsentralangan sulfat kislotasidan (20 haroratda solishtirma og’irligi 1,835) 70 ml. olib, 430 ml. distillangan suv bilan aralashtiriladi.
ReaktivA: uy teperaturasida sovutilgan a,b,v, reaktivlarini aralashtirib, umumiy hajmi 1 l. ga yetkaziladi. Reaktiv qora rangli idishda saqlanadi.
Reaktiv B: rang beruvchi reaktiv (2,33 g, askarbin kislotasi 222 ml.A – reaktiv eritiladi va umumiy hajmi 1 l. yetkaziladi. Bu reaktiv uzoqqa chidamaydi, shuning uchun analiz qilinadigan tayyorlanadi).