Alangali fotometрНing tuzilishi va ishlash printsipi.
Hozirgi vaqitda yaxshi jihozlangan agroximyaviy labaratoriyalarda ko’proq tseys (GDR) GP-21 yoki GP-21 B, FPF-58 va PPF-UNIIZ kabi alangali fotometr modellari qo’llaniladi.
Deyarli hamma fotometrlar quyidagi qisimlardan iborat:
Gaz va havo bosimini o’lchash uchun manometr.
Havoni so’rib oluvchi va pulverizatordan iborat purkagich.
Rangli filtr.
Gaz gorelkasi.
Selenli fotoyelement.
Galvonometr.
Labaratoriyada alangali fotometrlarda tuzli va suvli so’rimlardan kaliy, natriy, kaltsiy va litiy kabi kationlarni aniqlashda foydalaniladi.
Alangali fotometрНing ishlash printsipiso’rim qisilgan havo yordamida mayda zarrachalarga pachalanadi, suyuqlik va havodan iborat aralashma gorelka alangasida yondiriladi. So’rimdagi mavjud elementlar yonganda har biri o’ziga xos to’lqin uzunligiga ega bo’lgan spektrlar tarqatadi. Aniqlanayotgan element spektri yorug’lik filtri yordamida ajratib olinadi va yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi selenli fotometrga uzatiladi. Xosil bo’lgan tok kuchi galvonometrda o’lchanadi. Har doim tok kuchi eritmadagi element kontsentratsiyasiga va nurlanish kuchiga to’g’ri proportsional bo’ladi.
Alangali fotometrda ishlash uchun namuna eritma
shkalasini tayorlash:
Kimyoviy toza KСl tuzidan 1,583 g. tortib olib. 1000 ml.li o’lchagich koblasiga solinadi, ustiga ammoniy karbonat tuzining 1 protsentli eritmasidan quyib, eritmasining umumiy xajmi 1000 ml. ga yetkaziladi. Bunday eritmaning har bir millilitriga 1 mg. K2O to’g’ri keladi, bu eritmadan namuna shkalasini tayyorlashda foydalaniladi.
SHkala tayorlash uchun 1000 mg.li o’lchagich kolbalar olib, tayorlangach eritmadan byuretka yordamida har biriga 100, 80, 60, 50, 40, 30, 20, 10 va 5 ml. dan o’lchab quyiladi, har safar kolbaning qolgan qismiga ammoniy karbonat tuzining 1 protsentli eritmasidan quyib umumiy hajmini 1 l. ga yetkaziladi. Malumki, kolbalarda tarkibida 100, 80, 60, 50, 40, 30, 20, 10 va 5 mg. K2O bor eritmalar hosil bo’ladi.
Har bir namuna eritma navbati bilan o’lchanib, har qaysi mg.to’parasiga galvonmoyetрНing tegishli ko’rstgichi yoziladi va millimetrli qog’ozga kalibrlangan grafik chiqarilidi.
Dostları ilə paylaş: |