Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Gaz qurollarining tuzilishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

3-§. Gaz qurollarining tuzilishi 
Gaz qurollari to‘pponcha yoki revolverlar shaklida ishlab 
chiqariladi. Gaz qurollari va uning mexanizmiga tegishli bo‘lgan 
qismlarining tuzilishi o‘qotar qurollar mexanizm va qismlari bilan 
o‘xshash bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p hollarda gaz qurollari o‘qotar 
qurollar asosida tayyorlanadi. Gaz qurollariga, undan jangovar o‘qotar 
qurollarning patronlari o‘qini otish imkonini yo‘qotish maqsadida 
tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Gaz qurollarining tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar quyida-
gilardan iborat: 

stvol kanalida toraygan ajratgich (sepator)ning mavjudligi

ayrim rusumdagi gaz revolverlari barabanlarining kamoralarida 
toraygan (ya’ni baraban kamorasining oldi qismidagi diametri orqa qismi 
diametridan kichikroq bo‘lgan) qismlarning mavjudligi; 

silliq stvol kanali; 

gaz qurolining kalibri qurol patrondoni (barabani)ning diametri 
bilan aniqlanadi. 
Gaz to‘pponchalari tashqi ko‘rinishi va ishlash prinsipiga ko‘ra 
jangovar qurollardan unchalik farq qilmaydi. Gaz qurollari gilza, 
kapsyul, porox va gaz zaradlaridan iborat bo‘lgan patron bilan o‘qlanadi 
(ovozli patronlarda gaz zaradi bo‘lmaydi). Otilishda qurolning boyogi 
kapsyulga uriladi, kapsyul buzilgandan so‘ng, o‘z navbatida porox 
zaradini yondirib yuboradi. Gilzaning ichida porox yonishidan hosil 


 179 
bo‘lgan gazning bosimi gaz zaradini qurol stvolidan tashqariga itaradi. 
Qurolning stvolidan gaz bulutini hosil qiladigan gazning oqimi uchib 
chiqadi. Qurolning kalibriga mos ravishda ushbu qurollarning ta’sir etish 
masofasi turlicha bo‘ladi, masalan, 8 
mm 
kalibrli qurollarning ta’sir etish 
masofasi — 2 
metrgacha
, 9 
mm 
kalibrli qurollar uchun — 3,5 
metrgacha
, 1,43 
mm 
(45) kalibrli qurollar uchun esa — 4 
metrgacha

Oxirgi kalibr faqat gaz revolverlariga xosdir va gaz qurollari uchun 
stvolning uzunligi hech qanday rol o‘ynamaydi. 
Gaz to‘pponchalari taqib yurish uchun juda qulay. To‘pponchani 
patronlar bilan jihozlangan magazinni to‘pponchaga kiritish yo‘li bilan 
qayta o‘qlash juda oson, bundan tashqari o‘qlangan magazinlarni sotib 
olish ham, ularni to‘pponchaga quyish ham juda yengil. Lekin shunga 
qaramasdan, gaz to‘pponchalarida ham jangovar qurollar kabi ayrim 
kamchiliklar uchraydi, masalan, agar o‘q otilish jarayonida patron 
otilmay qolsa, o‘q otishni davom ettirish uchun, avval otilmay qolgan 
patronni chiqarib tashlash, so‘ng qurolni qayta o‘qlash zarur bo‘ladi.
Gaz revolverlarining to‘pponchalardan farqi shundaki, agar patron 
otilmay qolsa, quyib yuboruvchi ilmoqni qayta bosish bilan revolver 
barabanidagi keyingi patronni otish mumkin, bunda keyingi o‘qni otish 
uchun otilmay qolgan patronni chiqarib tashlashning zarurati yo‘q. 
Revolver barabani bilan stvol kanalining orqa qismi orasidagi kichik 
oraliq masofadan, gaz revolverini otilishdan chiqadigan gazning miqdori 
shunchalik kamki, u otuvchiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Zamonaviy gaz qurollari quyidagi qism va mexanizmlardan iborat 
bo‘ladi: stvol, yopish, otish (urish), qaytarish, qo‘yib yuborish, chiqarib 
tashlash mexanizmlari, zatvor tutgichi va qaytaruvchi mexanizmi, 
jo‘natgichli magazin, gaz revolverlarida 

aylantirish va ushlab turish 
mexanizmli baraban, otilgan gilzalarni chiqarib tashlash mexanizmi
shuningdek saqlagich va saqlash mexanizmlari, signal berish va 
mo‘ljalga olish moslamalari, to‘pponcha yoki revolver asosi hamda 
dastalari. 
Stvol 

qurolning shikastlovchi element (ko‘zni yoshlantiruvchi 
yoki zaharlovchi irritant)ga yo‘nalishli harakat beriladigan qismi. 
Stvolning orqa qismida, uni to‘pponchaning asosi bilan maxkamlash 
uchun rezba yoki maxsus bo‘rtiqlar bo‘ladi. Qurolning asosi dasta bilan 
yaxlit qilib yasaladi. 
Gaz qurolining asosiy xususiyatlaridan biri bu uning kalibri. O‘qotar 
qurollardan farqli ravishda, gaz qurollarining kalibri to‘pponcha 


 180 
patrondoni yoki revolver baraban kamoralarining diametri bilan 
o‘lchanadi hamda 
millimetrlarda 
(MDH mamlakatlari) yoki 
dyumning 
yuzdan bir (AQSH) va mingdan bir (Angliya) qismlarida ifodalanadi. 
Gaz qurollari markaziy jang kapsyulli patronlar yoki xalqasimon jang 
kapsyulli patronlarga moslab ishlab chiqariladi. Gaz qurollarining kalibri 
— 6,0; 8,0; 9,0; 11,43 
mm 
bo‘lishi mumkin. 
Gaz qurollarining separatori (stvoldagi ajratgich) quyidagi funk-
siyalarni bajaradi: 

ko‘zni yoshlantiruvchi yoki zaharlovchi modda oqimini ajratish;

plastmassa pijlarni parchalash;

jangovar o‘qlarni otishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ba’zi gaz qurollari stvol kanalining og‘iz qismi biroz kengaygan 
bo‘ladi, ayrim turdagi gaz qurollarining stvoliga qo‘shimcha, separatorli 
moslamalar o‘rnatilishi mumkin. Ba’zi gaz qurollarining stvolida, 
qo‘shimcha — signal raketalarini otish uchun moslama o‘rnatish 
maqsadida rezba o‘yilgan bo‘ladi. 
Gaz qurollarining separatorlari tuzilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi va 
quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: 

stvolning orqa va oldi qismlarida joylashgan, bo‘rtiq bir juft 
elementlar. Ushbu elementlar o‘zaro perpendikular bo‘lishi mumkin; 

stvol kanalining uzunligi bo‘ylab turli qismlarida perpendikular 
joylashgan, ko‘ndalang plastinalar shaklidagi kashak (bir narsaning ikki 
qismini bir-biriga tutashtiruvchi vosita, ulama); 

stvol kanali ko‘ndalang kesimining 30 yoki 50% ni egallovchi va 
perpendikular joylashgan to‘siq; 

gaz to‘pponchasi stvol kanali yoki revolveri barabanining 
toraygan qismlari, uning diametri stvol kanali diametridan kichik bo‘ladi; 

stvol kanalining butun uzunligiga bo‘ylama yoki ko‘ndalang 
joylashgan ingichka plastinalar; 

stvol kanalining uzunligi bo‘ylab joylashgan, spiralsimon 
shakldagi ingichka plastina (33–rasm). 
 
33–rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin