176
Pnevmatik qurolning jo‘natish mexanizmli magazini o‘qlarni
joylashtirish uchun xizmat qiladi, ushbu o‘qlar magazin jo‘natgichi
prujinasi ta’sirida qurol stvoliga yuboriladi (28-rasm). Ayrim rusumdagi
pnevmatik qurollarda magazinda gazli balloncha ham joylashadi (29-
rasm). Pnevmatik to‘pponchalarning magazini olinadigan va qutisimon
shaklda bo‘ladi. Pnevmatik revolverlarda magazin vazifasini turtkich va
ilgakli g‘ildirakcha–baraban (30-rasm) bajaradi.
Saqlash mexanizmlari ixtiyorsiz (tasodifiy) o‘q otilishi imkoniyatini
cheklaydi, ya’ni quroldan foydalanish xavfsizligini ta’minlaydi. Saqlash
mexanizmi noavtomatik va avtomatik bo‘lishi mumkin.
Saqlagichlar pnevmatik qurolning kerakli qismlari harakatlanishini
cheklaydi yoki qurolning tuzilishiga bog‘liq ravishda qo‘yib yuboruvchi
ilmoq, tepki va klapanining o‘zaro ta’sirlashishidan saqlaydi.
30–rasm.
Dostları ilə paylaş: