Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. To‘siqdagi izlar bo‘yicha o‘q otilish tartibi, miqdori va



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
3-§. To‘siqdagi izlar bo‘yicha o‘q otilish tartibi, miqdori va 
to‘siqdagi o‘q otilishi izlarini aniqlash usullari 
O‘q otilishining ketma-ketligi yoki tartibini aniqlash sud 
ballistikasining eng qiyin vazifalaridan biri bo‘lib, odatda bu ish 
ehtimollik shaklida bajariladi. Quyidagilar o‘q otilishining ketma-ketligi 
haqida ma’lumot beradi: 
— 
shisha, kafel, suyak kabi materiallardan iborat bo‘lgan to‘siq-
lardagi o‘q teshiklari yaqinidagi radial yoriqlarning xususiyati
. Bu kabi 
to‘siqlarda keyingi o‘q otishdagi radial yoriqlar oldingi o‘q otishdan 
hosil bo‘lgan radial yoriqlarda tugallanadi. Shisha to‘siqdagi o‘q otish 
ketma-ketligi eng oxirgi o‘q otishda, o‘q teshigi atrofidagi shishaning 
mayda, kukunsimon zarrachalarining mavjudligi bilan ham aniqlanishi 
mumkin; 
— 
ishqalanish halqasining intensiv ravishda o‘tirib qolishi

Masalan, stvoli tozalangan o‘qotar quroldan o‘q otilishida, ishqalanish 


 390 
halqasining bo‘yalish intensivligi birinchi o‘q otilishda keyingi o‘q 
otilishlariga qaraganda ancha kamroq bo‘ladi. Bu hol ikkinchi va undan 
keyingi o‘q otilishda, otilgan o‘qlar endi qurum bilan (birinchi o‘q 
otilishida vujudga kelgan) qoplangan stvoldan o‘tishi hamda o‘z sirtiga 
o‘q otilishi mahsulotlarini qabul qilib olishi bilan tushuntiriladi. Ushbu 
qabul qilib olingan o‘q otilishi mahsulotlari keyinchalik to‘siqqa olib 
o‘tiladi. Shuning uchun ikkinchi va keyingi o‘q otilishda ishqalanish 
halqasining bo‘yalish intensivligi ko‘proq bo‘ladi; 
— jarohatda miltiq moyi izlarining mavjudligi
. O‘q tegishidan hosil 
bo‘lgan jarohatdagi o‘q teshigining atrofida miltiq moyi, stvoli 
tozalangan quroldan otilgan birinchi o‘qdan keyin kuzatiladi
— narezlar maydonini o‘qdagi izlarining xarakteri
. Agar stvol 
kanali yetarli darajada qalin moylangan bo‘lsa, u holda «moyli pona» 
effekti natijasida narezlar maydonining birinchi otilgan o‘qdagi 
izlarining intensivligi, ikkinchi va undan keyingi o‘qlardagiga qaraganda 
kamroq bo‘ladi; 
— otilgan gilzalarning ketma-ketligi bo‘yicha
. Bu holda o‘q otilishi 
ketma-ketligi yoki tartibi gilzalarning hodisa sodir bo‘lgan joydagi 
o‘rnashuviga ko‘ra aniqlanadi. Buning uchun otilgan gilzalar va 
o‘qlarning o‘zaro mos kelishi aniqlanishi lozim
— 
gilzalarning revolver barabanidagi holati bo‘yicha. 
Bu holda 
revolver barabanining holati o‘zgarmagan bo‘lishi kerak; 
— 
o‘q tekkan jarohatdagi teshiklarning joylashish xususiyatiga 
ko‘ra
. Bu usul bilan avtomatlar yoki to‘pponcha–pulemyotlardan 
uzluksiz o‘q otilishida o‘q otilishi ketma-ketligi aniqlanishi mumkin. 
Masalan, AKM avtomatidan uzluksiz o‘q otilishida dastlabki otilgan 
o‘qlarning teshiklari o‘zaro yaqin joylashgan bo‘ladi va keyingi otilgan 
o‘qlarning teshiklari esa bu teshiklarga nisbatan o‘ngroq va yuqoriroqda 
joylashgan bo‘ladi. 
O‘q otilishi miqdorini quyidagilar orqali aniqlash mumkin: 
— o‘q tekkan jarohatlardagi teshiklar miqdoriga ko‘ra; 
— hodisa sodir bo‘lgan joyda aniqlangan otilgan gilzalar va 
o‘qlarning miqdoriga ko‘ra, ularni o‘zaro solishtirib bo‘lgandan so‘ng. 
Silliq stvolli ov qurollaridan o‘q otilganida, ularning miqdorini, 
sochma o‘q otilishdan hosil bo‘lgan miqdorini hisoblab, aniqlash 
mumkin, bu holda ushbu miqdorni ov patronlari bo‘yicha ma’lumotlar 
bilan solishtirish lozim. Bundan tashqari, o‘q o‘qotar qurolning zatvor va 
ayrim qismlari, stvol qutisi kabi alohida qismlaridagi qurumlanish 
darajasi ham otilishlarning miqdori to‘g‘risida ma’lumot beradi. 


 391 
To‘siqdagi o‘q otilishi izlarini aniqlash usullari. 
O‘q otilishidan 
hosil bo‘lgan jarohatlarni tadqiq qilishda, birinchi navbatda, ushbu 
jarohat haqiqatan ham o‘q otilishidan va o‘q tegishidan vujudga 
kelganini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jarohatning o‘q tegishidan hosil 
bo‘lganligi haqidagi savol yoki vazifalar o‘q otilishi turli omillarining 
shikast yetkazuvchi ta’siriga xos bo‘lgan morfologik alomatlarning 
yig‘indisiga ko‘ra hal etiladi, bu alomatlar sirasiga quyidagilar kiradi: 
«mato minusi»ning mavjudligi, jarohat kanalda snaryadning mavjudligi
ishqalanish halqasining mavjudligi va yaqindan o‘q otilishi izlarining 
mavjudligi. 
Yaqin masofadan o‘q otilishi izlarini va ishqalanish halqasini 
aniqlash uchun ko‘plab metodlar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko‘rib 
chiqamiz. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin