O‘qning to‘siqqa qanday
α
α
— burchak ostida tekkanini o‘q
teshigining shakliga ko‘ra aniqlash:
1 — to‘siq; 2 — o‘q teshigi;
D — jarohat shaklini hosil qilgan ellipsning katta o‘qi; d — o‘q
diametriga teng bo‘lgan kichik o‘q.
Yassi to‘siqdagi o‘q teshigining yoki ishqalanish halqasining
shakliga ko‘ra uchrashish burchagini taxminan aniqlash uchun quyidagi
formuladan foydalanish mumkin:
d
α
=
Arcsi
n
D
bu yerda:
d
— ellips kichik o‘qining uzunligi,
D
— ellips katta
o‘qining uzunligi.
387
Ta’kidlash joizki, ushbu formuladan qurumlanish sohasining
o‘lchamlari bo‘yicha o‘q otilishi burchagini taxminan baholashda ham
foydalanish mumkin.
Uzoq masofadan o‘q otish.
Uzoq masofadan o‘q otishning, ya’ni
qo‘shimcha omillarning ta’sir doirasidan tashqaridan o‘q otilishi
masofasi va yo‘nalishini aniqlash ekspertlar oldida turgan murakkab
vazifadir.
To‘siqning uzoq masofasidan turib otilgan o‘q ta’sirlashgan tomoni,
to‘siqning materialiga bog‘liq ravishda, ishqalanish halqasining
mavjudligi, jarohatdagi o‘q teshigi tolalarining yo‘nalishi, to‘siqning turli
tomonlaridagi o‘q teshiklari diametrlarining nisbati, to‘siqdan urib
chiqarib yuborilgan zarrachalarning holati va hokazolar bo‘yicha
aniqlanishi mumkin. Masalan, shishadagi o‘q tegishidan hosil bo‘lgan
jarohatdagi o‘q teshigi, chiqish teshigi tomonga qarab kengayib
boradigan konus shakliga ega bo‘ladi, yog‘ochdagi jarohatning chiqish
teshigidagi qirindilari o‘q yo‘nalishi bo‘ylab joylashadi.
Uzoq masofadan o‘q otilishida o‘qning to‘siqqa urilish burchagi
jarohatdagi kirish teshigining shakli, ishqalanish halqasining shakli yoki
jarohat kanalining yo‘nalishi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Bundan
tashqari, o‘qni to‘siqqa burchak ostida tekkani haqida shisha, kafel,
suyak kabi materiallardan iborat to‘siqlardagi o‘q teshigining atrofidagi
yoriqlarning (bu yoriqlar o‘qning uchish yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan
bo‘ladi) turlicha bo‘lgan uzunligiga qarab fikr yuritish mumkin.
Uzoq masofadan o‘q otilganda, o‘q otilgan joyni aniqlash uchun o‘q
tegish jarohatining turi va ko‘rinishi, o‘q otish shart-sharoitlari, hodisa
sodir bo‘lgan joyning xarakteriga bog‘liq bo‘lgan bir necha usullar
mavjud. Ularning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Bevosita vizirlash.
Ushbu usul, o‘q otuvchining taxminiy turgan
joyini, jarohat yetkazgan o‘qning to‘g‘ri (yoki to‘g‘ri uchishga yaqinroq)
uchish trayektoriyasi bo‘yicha aniqlash imkonini beradi. Bu holda, o‘q
otish joyi faqat vizirlash nuqtasining oxirida emas, balki vizirlash to‘g‘ri
chizig‘ida joylashgan hamda o‘q otuvchi joylashishi mumkin bo‘lgan
balandlikda yoki odam bo‘yicha balandligidagi istalgan nuqtada
bo‘lishini hisobga olish lozim. Bevosita vizirlashning bir necha metodlari
mavjud:
— jarohatga qo‘yilgan trubka yordamida (82-rasm);
— zondlar (cho‘ziq jarohat kanali bo‘lganda) yoki o‘zaro uzoq
masofada joylashgan jarohatlar orasiga ip tortish yordamida;
388
— geodeziya asboblari yordamida (teodolit, nivelir);
—
lazer nurlari yordamida.
82- rasm.
Dostları ilə paylaş: |