Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Qurol stvoli kanalidagi narezlarning miqdorini



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Qurol stvoli kanalidagi narezlarning miqdorini 
jarohatdagi o‘q 
teshigining devorlaridagi morfologik alomatlar, ishqalanish halqasining 
shakli va ayrim hollarda, qurumlanish sohasidagi qurumning 
taqsimlanishiga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Metall to‘siqlardagi jarohatlar 
o‘q teshigining devorlarida o‘q sirtining aksi tasvirlanishi mumkin, 
ulardan narezlar miqdori va taxminiy kengligini aniqlash mumkin 
bo‘ladi (76–rasm). 


 380 
76-rasm. 
Qalinligi 3 mm bo‘lgan metall plastinadagi o‘q tegishidan hosil 
bo‘lgan jarohatning o‘q teshigi devorlarida o‘q sirti alomatlarining
aks etishining ko‘rinishi (ko‘rsatkich bilan narez maydonining
aks etgan izlari ko‘rsatilgan). 
Narezlarning miqdori ishqalanish halqasida uzuq–uzuq suratlar — 
umumiy halqasimon fonda narezlar miqdoriga mos ravishda «yassi 
tekislik» lar ko‘rinishida aks etishi mumkin (77–rasm). 
77-rasm. 
Makarov konstuksiyali (PM) to‘pponchadan o‘q otilgan 
matodagi ishqalanish halqasining ko‘rinishi (ko‘rsatkich bilan narezlar 
miqdoriga mos (to‘rtta) «yassi tekislik» lar ko‘rsatilgan).


 381 
Qurol stvolida stvol og‘zi moslamalarining mavjudligi va uning 
tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘siqning oldi tomonida qoladigan 
qurumlanish sohalarining shakli va joylashishi bo‘yicha o‘ziga xos 
bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan:
— AKM avtomatidan o‘q otilganda, o‘q teshigining atrofida 
qurumning markaziy sohasi hamda uch dona cho‘zilgan shakldagi, 
ikkitasi yonbosh, bittasi — yuqori bo‘lgan qurum dog‘lari vujudga keladi 
(78 a–rasm);
— AKMU avtomatidan o‘q otilganda esa, qurumlanish sohasi o‘q 
teshigiga nisbatan o‘ngdan yuqori tomonga siljigan ko‘rinishda bo‘ladi 
(78 b–rasm); 
78-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin