Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Kalashnikov (AKM) avtomatidan ( a ) va Kalashnikov



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Kalashnikov (AKM) avtomatidan ( a ) va Kalashnikov 
 (AKMU) avtomatidan ( b ) o‘q otilishida qurumning 
o‘tirib qolishining shakllari. 
— Dragunov snayper vintovkasi (SVD)dan o‘q otilishda qurumla-
nish sohasi besh yulduz shaklida bo‘ladi (79 a–rasm); 
— AK–74 avtomatidan o‘q otilganda qurum bitta markaziy va ikkita 
yonbosh dog‘lar ko‘rinishida kapalak qanotlari shaklida joylashadi (79 
b–rasm). 
Yaqin masofadan o‘q otish alomatlariga ko‘ra, ishlatilgan 
patronning turini to‘siqda o‘tirib va saqlanib qolgan yonmagan porox 
zarralariga ko‘ra aniqlash mumkin. Bu imkoniyat xar xil namunadagi va 
turdagi patronlarning porox zarrachalari shakli, o‘lchami va rangiga 
ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi. Ammo, 
patronning muayyan turini porox zarralarining alomatlariga ko‘ra 
aniqlash unchalik oson emas va bu yerda ayrim muammolar mavjud, 
chunki turli vaqtlar hamda turli zavodlarda tayyorlangan bir namunadagi 
patronlarni jihozlashda bir xil navdagi poroxdan foydalanilgan bo‘lishi 


 382 
mumkin. Masalan, TT to‘pponchasining patronlari ikki turdagi porox 
bilan jihozlangan: zarralari yo‘g‘on silindr shaklidagi P–45\1 poroxi va 
zarrachalari ingichka silindr shaklidagi VP (viskozali to‘pponcha) 
poroxi. 
79-rasm. 
Dragunov snayperlar vintovkasidan ( a ) hamda 
 Kalashnikov (AK–74) avtomatidan ( b ) o‘q otilishida qurumning
o‘tirib qolishining shakllari. 
Bundan tashqari, patronning namunasi jarohat yetkazgan o‘qning 
turini aniqlashga yordam berishi mumkin. Qobiqsiz va qo‘rg‘oshindan 
yasalgan o‘qlar ishlatilganda, o‘q otilish qurumlari va ishqalanish 
halqalarida qo‘rg‘oshin moddasi ko‘proq miqdorda bo‘ladi, shu bilan 
birga qobiqlar tayyorlashda ishlatiladigan boshqa mis va boshqa metallar 
deyarli bo‘lmaydi. Va aksincha, AKM va AK–74 avtomatlarining po‘lat 
o‘zakchasi bo‘lgan oddiy o‘qlaridan foydalanilganda, qurumlarda 
qo‘rg‘oshin moddasi bo‘lmaydi. O‘q otilishidan hosil bo‘lgan 
mahsulotlardagi u yoki bu turdagi metallarning bo‘lishi ko‘pgina usullar 
yordamida aniqlanishi mumkin. 
O‘q otilishida ishlatilgan 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin